TIQXMMI yangiliklari

img
02.04.2024

“Ustoz shogird” an’analari

Ya’ni ulug‘ mutafakkirlarining fikrlariga ko‘ra bo‘lg‘usi mutaxassisni har tomonlama shakllantirish uchun uni o‘zini ham har tomonlama bilish zarur degan talablar «Ustoz shogird» an’analari asosida amalga oshiriladi. 2024 yil 1-aprelda “Yer resurslarini boshqarish” kafedrasining katta o‘qituvchisi Z.Hafizova “Ustoz shogird” an’analari bo‘yicha talabalar bilan “Master klass” o‘tkazdi.

       2019 yil 3 oktyabrdagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5843-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasida kadrlar siyosatini va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirishga oid birinchi navbatdagi chora-tadbirlar Dasturi” da yosh kadrlar uchun davlat organlari va tashkilotlaridagi tajribali rahbarlar va mutaxassislar tomonidan ustozlik institutini joriy qilish belgilangan. Bugungi kunda ham ustoz-shogirdlik an’analari ko’plab mehnat jamoalarida, shu jumladan, bizning universitetimizda  ham - islohotlar ustozlikni rasmiy va professional tartibda amalga oshirilmoqda.

        Davra suhbatida kafedra professor-o’qituvchilari «Ustoz-shogird» an’analarini rivojlantirish va bu ishlarni tizimli ravishda olib borish masalalariga katta e’tibor qaratilayotganligini maqsadga muvofiq.  Ayniqsa talaba qizlarimiz “Ustoz-shogird”an’analariga rioya qilgan holda o’zlarining fanlar bo’yicha berilgan mustaqil ishlarini taqdimot qilib bermoqdalar. Bu esa  “Ustoz-shogird” tizimini yanada takomillashtirish uchun xizmat qiladi.

"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi  Z.Xafizova ma’lumoti

Universitet matbuot xizmati