TIQXMMI yangiliklari

img
22.01.2023

USAID ning Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori tashrifi

         USAID ning Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Lora Chizmo, USAID O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanish va atrof-muhit ofisi rahbari Yuliya Sandu, Markaziy Osiyo energiya faoliyati bo‘yicha mutaxassisi Patrik Mayer, USAID O‘zbekiston xodimi Shaxrux Irnazarov va USAID WAVE loyiha koordinatori Ilxom Nazarovlar universitetimizga tashrif buyurishdi.

     Universitet Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A.Salohiddinov dastavval, dargohimizning ma’muriy binosi va modeli bilan tanishtirib o‘tdi.  So‘ngra Suv resurslarini integratsion boshqarish o‘quv laboratoriyasining ishlash jarayoni va  o‘quv laboratoriya o‘tish ko‘rgazmali qurollari haqida ma’lumot berildi. Uchrashuv so‘nggida fikr-mulohazalar almashish va kelgusi loyihalarni amalga oshirish masalasida batafsil mulohaza yuritildi. So‘ngra esdalik sovg‘alari topshirildi.

            Universitet matbuot xizmati