TIQXMMI yangiliklari

img
08.07.2022

Usaid granti g’oliblari uchun yozgi xalqaro maktab

Gidravlika va gidroinformatika kafedrasi 1 - bosqich doktoranti Aziz Haydarov USAIDning mintaqaviy “Suv va atrof-muhit” loyihasi Markaziy Osiyo boʻylab tadqiqot ishlari tanlovi gʻolibi sifatida Qozog'iston Respublikasi Almati shahrida bo'lib o'tayotgan akademik xat bo'yicha yozgi matkabda qatnashmoqda. 4 - iyul USAIDning mintaqaviy “Suv va atrof-muhit” loyihasi Markaziy Osiyo boʻylab tadqiqot ishlari tanlovi gʻolibi boʻlgan oʻn nafar yosh olimlar uchun yozgi maktabni boshladi. O‘n kunlik dastur yosh tadqiqotchilarning tadqiqot metodologiyasi va natijalarini yetkazish salohiyatini oshirishga qaratilgan.

Fan, amaliyot va jamoatchilik tushunchasining o'zaro ta'siri suv va atrof-muhitni muvaffaqiyatli boshqarishning kalitidir. Orol dengizi halokati suvdan oqilona foydalanmaslikning dalilidir. Yozgi maktab ishtirokchilarning qaror qabul qiluvchilarga dalillarga asoslangan ma'lumotlarni taqdim etish va mintaqaning suv resurslarini samarali boshqarish imkoniyatlarini oshiradi.

          Universitet matbuot xizmati