TIQXMMI yangiliklari

img
18.04.2022

Universitetimizning maktab bilan birdamligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 2022 yil 2 aprelda o‘tkazilgan islohotlar ijrosini ta’minlash maqsadida Universitetimizning "Elektrotexnika va mexatronika" kafedrasi professor-o‘qituvchilari Piskent tumanida joylashgan 30 va 39-maktablarda dastlabki tashrifi 2022 yil 16 aprel kuni amalga oshirildi.

Tashrif chog‘ida dastlab maktab direktori va maktab pedagogik jamoasi bilan bugungi kunda maktabda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida davra suhbatlari o‘tkazildi va maktab salohiyati bilan tanishib chiqildi. Faoliyat yuritayotgan o’qituvchilarning aksariyati ko’p yillik tajribaga ega bo’lgan malakali pedagoglar bo’lib, asosan oliy, birinchi toifa, ikkinchi toifa hamda mutaxasis o’qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda. Shundan so‘ng hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida 2022 yilning aprel va may oylarida amalga oshiriladigan tadbirlarni amalga oshirish bo’yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqqan holda hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi. Profefessor-o’qituvchilarimiz maktab o’quvchilari bilan ham dildan suhbat qurdilar. Quvonarlisi shundaki 39 maktab o’quvchilaridan bir nechtasi xorijiy universitetlarga talaba bo’lib ulgurishgan.