TIQXMMI yangiliklari

img
01.08.2023

Universitetimizga AQSH universiteti professorlaridan navbatdagi tashrif

Universitetimizga 2023-yil 1-avgust kuni AQSH ning Texas universiteti «Elektr va kompyuter injenerligi» kafedrasi professori Doktor Khalid Miah tashrif buyurdi va rektor professor B.Mirzayev bilan amaliy hamkorlik bo‘yicha suhbat bo‘lib o‘tdi.

 Uchrashuv davomida  universitetimizning 70810502 – «Intellektual o‘lchash tizimlari va asboblari» mutaxassisligi magistrlari va “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi tayanch doktorantlariga “Signallar va sistemalar” hamda “Raqamli signallarni qayta ishlash” kabi yangi fanlardan 2023 – 2024 o‘quv yili davomida mashg‘ulotlar olib borish hamda Robototexnika va mexatron sistemalar sohasida ilmiy – tadqiqotlar olib borish bo‘yicha aniq rejalar belgilandi.