TIQXMMI yangiliklari

img
02.07.2022

Universitetimizda yaratilgan texnika Prezident e’tiborida

So‘nggi yillarda yoshlar masalalari davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Yoshlarning, ilm-fan, sport, kasb-hunar, tadbirkorlik, kitobxonlik bo‘yicha intilishlari va qiziqishlari har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib, allaqachon o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatib kelmoqda. Shu o‘rinda ta’lkidlash joizki, yoshlarning, xususan, xotin-qizlarning ilm olishi, o‘zlari sevgan kasb bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishi bilan birgalikda ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanishida hukumatimiz tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratilib berilgani tahsinga sazovordir. Yosh olima ayol-qizlarimiz ham o‘z o‘rnida bunday imtiyozlarga javoban o‘zlarining yangi, dolzarb va innovatsion ilmiy yechimlari, yangi ishlanma hamda loyihalari bilan ijobiy natijalarga erishib kelishmoqda.

Xabaringiz bor,  30 iyun “Yoshlar kuni” kuni munosabati bilan “Yangi O’zbekiston” bog‘ida 5 tashabbus bo‘yicha Yoshlar Forumi o‘tkazildi. Forumdagi Innovatsiyalar pavilonida iqtidorli talabalar, magistrlar hamda yosh tatqiqotchi olim va olimalar yangi innovatsion ishlanmalari, erishgan natijalari haqida davlatimiz rahbari suhbatlashdilar.

Forum ishtirokchisi sifatida o‘z ishlanmasi bilan bizning universitetimiz olimasi, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlardan foydalanish kafedrasi” assistenti texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Nuraliyeva Nodira Abdukamilovna ham o‘zining, kafedra dotsenti, texnika fanlari nomzodi Abdujalol Boqiyev ilmiy rahbarligida tayyorlangan o‘simliklarga vegetatsiya davrida purkab ishlov beruvchi “Bog‘bon ET” elektrotraktorini davlatimiz rahbari e’tiboriga taqdim etdilar.

Prezidentimiz tomonidan ilm-fan yo‘lida yoshlarga hamda xotin-qizlarni huquqlarini va imkoniyatlarni to‘laqonli ta’minlash, yosh olima ayollarimizga berilgan imkoniyatlardan foydalanib o‘zining ilmiy ishi natijasi bo‘lmish o‘z ishlanmasi haqida davlatimiz rahbari bilan suhbatlashishga sazovor bo‘ldi. Davlatimiz rahbari bunday texnikalar barcha qishloq xo‘jaligi fermerlari uchun juda zarur va bunga katta ehtiyoj borligini, zamonaviy dolzarb masalalardan biri ekanligini aytib o‘tdilar hamda bu tadqiqotchimizga omad va ulkan zafarlar tiladilar.

Universitet matbuot xizmati