
Universitetimiz professor-o’qituvchilari finlandiyada
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti olimlari BioEcUz loyihasi doirasida Finlandiya davlatida Yevropa Ittifoqi moliyalashtirgan BioEcUz loyihasi: doirasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining vakillari B.Sultanov, B.Karimov, Sh.Raxmonov, Sh.Murodov, U.Alimov, K.Raxmonovlardan iborat professor-o’qituvchilar Finlandiyaning JAMK amaliy fanlar universitetiga 2023-yil 19-maydan boshlab xizmat safarida bo'lib turibdi.
Safarning dastlabki kunida loyiha ishtirokchilari Jyväskylä shahridagi Kangas nomli aqlli va barqaror shahar loyihasi taqdimoti va 2030 yilgacha shaharchaning innovatsion ekotizimi va ta’lim institutlari tadbiq etish rejalari bilan tanishishdi hamda ushbu shaharchada TEAM ACAMEMY guruhi bilan tanishib, talabalarning startap va biznes loyihalari va amaliyotda joriy etilganligi to’g’risida davra suhbati olib borildi.
Shu bilan birga, Jyväskyläda JAPAning barqaror rivojlanish assosatsiyasi haqida taqdimot qilindi. Finlyandiyaning Valtra traktorlar zavodini ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishildi.
O’simliklar va biomassani qayta ishlash orqali turli xil yeyiladigan ovqat va yemak mahsulotlarini ishlab chiqarish tajribalari o’rganildi. Erasmus+ BioEcUz: “O’zbekistonda barqaror Bioiqtisodiyot bo’yicha yangi magistratura o’quv dasturi” loyihasi Yevropa Ittiforqi tomonidan moliyalashtiriladi.
Universitet matbuot xizmati