TIQXMMI yangiliklari

img
06.02.2023

Turkum uchrashuvlar davom etmoqda

               Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar markazida yoshlarga bolgan eʼtiborni kuchaytirilayotganligi bejiz emas. Shu maqsadda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, talabalarning ilmiy salohiyati, qobilyatlarini oshirish hamda iqtidorli talabalarni soha bo‘yicha ilmiy yangilik va innovatsiyalarni yaratishga yo‘naltirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqsad va vazifalarni inobatga olgan holda, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida mavjud fakultet talabalari bilan turkum uchrashuvlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 6-fevral kuni “Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 2-bosqich talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvni Iqtidorli talabalar bo‘limi va “Ilmiy-innovatsion klaster” menejeri Ozodov Ezozlar hamkorlikda olib borishdi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad universitetimiz iqtidorli yoshlarni kashf qilish, startap hamda ilmiy faoliyatlarga keng jalb qilish va ushbu sohalarga qiziquvhi talabalarga amaliy yordam berishdan iboratdir. Uchrashuvda universitet tomonidan iqtidorli talabalarga yaratilgan imkoniyatlar, o‘z goyasiga ega talabalar startap loyihalarini qanday amalga oshirish, davlat stipendiyalari va boshqa ko‘plab imkoniyatlar xususida so‘z olib borildiBu kabi amaliy uchrashuvlar barcha fakultetlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Iqtidorli talabalar bo‘limi axboroti

Universitet matbuot xizmati