TIQXMMI yangiliklari

img
07.02.2024

Turkiya Respublikasi Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi bilan hamkorlik 

Joriy yil 6-fevral kuni universitetimizga Turkiya Respublikasining qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Bekir Sitki O‘zbek hamda Ankara universiteti, Qishloq xo‘jaligi fakulteti professori Yusuf Ersoy Yildirim tashrif buyurdi. Uzoq davom etgan suhbatda O‘zbekiston-Turkiya munosabatlari, hamkorlik natijalari hamda O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi, “TIQXMMI” MTU va Agrobank bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Suvchilar” maktabini yanada rivojlantirish bo‘yicha fikrlar almashishdi. Xususan, “Suvchilar maktabi” o‘quv dasturlari va materiallarini tayyorlash hamda bevosita malaka oshirish o‘quv jarayonida “TIQXMMI” MTUning professor-o‘qituvchilarining faol ishtirok etayotganligi alohida e’tirof etildi. Shuningdek, sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Turkiyaning TICO korporatsiyasi bilan hamkorlik o‘rnatish, Ankara Universitetining professor-o‘qituvchilarini o‘quv va tadqiqot jarayonlariga jalb etish va hamkorlikda moddiy texnik bazani mustahkamlash bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi.