Tuproqshunoslik va dehqonchilik

img

Tuproqshunoslik va dehqonchilik

Kafedra mudiri

Xakberdiev Obid Eshniyozovich,  b.f.n., dotsent

Tel: +998 71 237-09-68

Email: оbid_xakberdiyev@tiiami.uz

 

 

 

 

Kafedra 1940 yili tashkil etilgan va 1959 yilgacha unga professor N.I.Kurbatov rahbarlik qilgan. Birinchi yillari kafedra jamoasi 10 kishidan iborat bo`lgan. Keyinchalik kafedra ilmiy salohiyati jihatidan ancha o`sib Markaziy Osiyodagi yirik ilmiy markazlardan biriga aylangan. 1959-1968 yillari kafedrani professor I.F.Sukach boshqargan. U akademik S.P.Rijov bilan birgalikda "Sug’oriladigan dehqonchilik" nomli O`zbekiston uchun birinchi darslik kitobini tayyorladi va nashğ etdi. Ushbu o`quv dasrligi TIQXMMI hamda Markaziy Osiyo respublikalaridagi boshqa qishloq xo`jalik oliy o`quv yurtlarining talabalari uchun tuproqshunoslik, dehqonchilik va agronomiya bo`yicha deyarli 20 yildan ortiq asosiy darslik bo`lib xizmat qildi. Kafedra mudirlari. (1940-1959)- N.I.Kurbatov, (1959-1968)-I.F.Sukach, (1968-1986)- A.Q.Qashqarov, (1987-1991)- K.P.Paganyas, (1991-2012)- O. Ramazonov, (2012-2013) - S.S. Buriev, (2013-2014)-M. Piraxunov, (2014-2015) - A.Axatov, (2015 -2017)- S.Buriev, (2017) - A.Axatov,  2017 x.v - O.E.Xakberdiev

1968-1986 yillarda kafedraga professor Qashqarov Ahmad Qashqarovich etakchilik qildi. A.Q. Qashqarov 1912 yilda tug’ilgan, 1963 yilida Toshkent qishloq xo`jalik institutini bitirgan va 30 yildan ortiq Butun ittifoq Paxtachilik ITIda ishlagan. 1964 yili A.Q.Qashqarov doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Uning rahbarligi ostida kafedra jamoasi 1986 yil "Arid mintaqasidagi sug’oriladigan dehqonchilik" nomli o`quv qo`llanmasini tayyorladi va nashr etdilar. Umuman professor A.Q.Qashqarov rahbarligida 30 nafar fan nomzodi va 4 nafar fan doktorlari tayyorlandi. 1987-1991 yillar kafedrani professor K.P.Paganyas boshqargan. U professor K.M.Mirzajonov bilan birgalikda "Erlarni eroziyadan va deflyatsiyadan muhofaza qilish" nomli kitobni nashr etdilar. 1991-2014 yillarda kafedraga professor O.R.Ramazonov, dotsentlar K.O.Egamqulov, E.A.Ziyomuhamedov, N.B.Qashqarov, S.Bo`riev, M.Piroxunov, A.Axatov, S.Burievlar mudirlik qilganlar. 2017 yildan boshlab esa dots. O.E.Xakberdiev kafedraga rahbarlik qilmoqda. Kafedrada 2 ta professor, 5 ta dotsent, 1 ta katta o`qituvchi, 1 ta assistent, 1ta laboratoriya  mudiri va 1 ta loborant faoliyat ko`rsatmoqda.