TIQXMMI yangiliklari

img
27.10.2023

Tozalik tadbiri o'tkazildi

  Joriy yilning 26 oktabr kuni" Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti tyutori Xursanoy Saidova tomonidan universitetning 1-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalar ishtirokida tozalik tadbiri o'tkazildi.

 Talabalarga   xonalar va oshxonalarni ozoda tutish, tozalikka rioya qilish, toza yashash avvalo, o'zimizning sog'lig'imiz uchun zarur ekanligi yana bir bor alohida ta'kidlandi. Shundan so'ng har bitta xonalar tozaligi alohida tekshirilib, tozalik holati yaxshi bo'lmagan xonalar tozalandi va tegishli tavsiyalar berildi.

GTQ tyutori X.Saidova axboroti

Universitet matbuot xizmati