TIQXMMI yangiliklari

img
05.06.2024

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti O‘zbekiston Oliy ta’lim tizimining tarixida birinchi bor Jahoning TOP 550 universitetlar qatoridan joy oldi

Dunyoning eng nufuzli ta’lim tizimidagi tahliliy agentlik Quacquarelli Symonds (QS) world ranking university 2024-yilda dunyoning eng nufuzli universitetlari reytingini e’lon qildi, bu reytingda O‘zbekiston respublikasi Oliy ta’lim muassasalari tarixida birinchi bor TOP 550 ta dunyoning eng nufuzli universitetlari qatoriga O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasi “Toshkent irrigatsiya va qishlaq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti reyting natijalariga ko‘ra 547 o‘rini egalladi.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti 2018-yildan boshlab dunyoning eng nufuzli reyting tizimlarida O‘zbekiston respublikasi OTMlari o‘rtasida eng yuqori ko‘rsatkichlarni QS world university rankings, QS by subjects, QS stars, THE(Times Higher education impact ranking) reyting tizimlarida ko‘rsatib kelmoqda.