img
25/03/2022

"TIQXMMI" MTU qoshidagi aniq fanlarga Ixtisoslashtirilgan maktab

Ixtisoslashtirilgan maktab direktori  

Kubyashev Kurash Egamovich

Tел: (99871)237-07-93

E-mail: k.kubyashev@tiiame.uz

                 kubyashev@nru-school.uz

Veb-sayt: nru-school.uz

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylarni faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910 –sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 12 avgustdagi 52 q/q-sonli va Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 12 avgustdagi 53 q/q-sonli qo‘shma qaroriga asosan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzurida aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab 2021 yil 14 avgustda ochildi. Maktabimiz aniq fanlarga chuqurlashtirilgan sabab aksariyat darslarni va to`garaklarni matematika va fizika fanlari qamrab olgan. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining  “Suv xo‘jaligini tashkil qilish va boshqarish fakulteti”, “axborot texnologiyalari, Oliy matematika va ingliz tili kafedralari” bevosita maktabning  o`quv jarayonlarida faol ishtirok etmoqdalar. Bundan tashqari maktabimiz Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, O`zR FA “Fizika-Quyosh” IIChB si Fizika-texnika instituti,  Mirzo Ulug‘bek nomidagi  O‘zbekiston Milliy universiteti Fizika va Matematika fakultetlari, Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab – internati bilan hamkorlik shartnomalarini tuzib, amalda effektiv ishlar olib bormoqda.