TIQXMMI yangiliklari

img
12.11.2023

"TIQXMMI" MTU O'zbekiston OTMlari orasida birinchi bo'lib "Coursera" ta'lim platformasi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi

"TIIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti Malayziyada bo'lib o'tgan QS samiti davomida "Coursera" masofaviy ta'lim olish platformasi bilan hamkorlikda ishlash bo'yicha dastlabki kelishuvni amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi. Hozirda "TIQXMMI" MTU "Coursera" platformasi bilan hamkorlikni boshlayotgan O'zbekistonning birinchi universiteti hisoblanadi. Eslatib o'tamiz, "Coursera" 3000dan  ortiq masofaviy ta'lim kurslari va akademik manbalardan iborat dunyoning yetakchi onlayn ta'lim platformasi bo'lib, undagi mavjud kurslar bo'yicha xalqaro sertifikatlarini taqdim etuvchi tashkilot hisoblanadi.