TIQXMMI yangiliklari

img
11.11.2023

"TIQXMMI" MTU Hindistonning Platinum statusiga ega universitetlari bilan hamkorlik qiladi

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o’tkazilayotgan “QS Higher Education Summit Asia Pacific 2023” ko‘rgazmasida ishtirok etayotgan "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti delegatsiyasi Hindistoning Milliy reytingi bo'yicha eng yuqori ko'rsatgich (Platinum status)ga ega bo'lgan Galgotias universiteti hamda QS Osiyo reytingida Top#451 o'rinda joylashgan "Siksha 'O' Anusandhan" universiteti delegatsiyalari bilan uchrashdi.

Muhokamalar davomida akademik hamkorlikni yo'lga qo'yish hamda qishloq xo'jaligi, IT va sun'iy intellekt hamda muhandislik ta'lim sohalarida  o'zaro hamkorlik qilish imkoniyatlari ko'rib chiqildi. Takidlab o'tish joizki, mazkur universitetlar ilmiy tadqiqot va yuqori nufuzli ilmiy jurnalarda maqola chop etish bo'yicha Hindistondagi yetakchi universitelaridan hisoblanadi.