TIQXMMI yangiliklari

img
10.06.2024

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetiga oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri tashrifi

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetiga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vaziri Sharipov Kongratbay Avezimbetovich tashrif buyurdi. Tashrif davomida vazir jahoning TOP 550 o‘rini egallagan universitetimizda ilmiy tadqiqot va ta’lim jarayonini amalga oshirish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

Universitetda yaratilgan sharoitlar bilan tanishish davomida universitetda tashkil etilgan fundamental va amaliy fanlar ilmiy tadqiqot instituti, IT-park, innovatsion va ilmiy tadqiqot laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuvda vazir tadqiqotlar va ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish yuzasidan o‘z takliflarini berdilar.