19/04/2023

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida suv tejamkor texnologiyalarini qo’llash bo’yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari haqida ma’lumot.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti, mamlakatimizdagi yuzaga kelishi mumkin bo’lgan suv tanqisligi muammolarini bartaraf qilish, ularga yechim topish kabi masalalrni eng maqsadi deb belgilagan.

Hozirda universitet tomonidan xalqaro va Respublika ilmiy tadqiqot grandlari asosida quyidagi ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari (fundamental, amaliy va innovatsiya grantlar).

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsiya rivojlantirish vazirligining amaliy loyihasi.

1. IZ-2020052525-sonli “Sirdaryo viloyatining tabiiy ofat yuz bergan sugʼoriladigan maydonlarida avtomatlashtirilgan-raqamli texnologiyalarga asoslangan “Dala-sugʼorish texnologiyasi-sugʼorish tizimi”, ”Smart texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida amaliy grant loyihasi.

Rahbar: q.x.f.d., professor B.Sh.Matyakubov - 35,0 mln. soʼm.

Loyiha maqsadi: Sugʼoriladigan maydonlarida Smart texnologiyaga asoslangan avtomatlashtirilgan - raqamli “Dala-sugʼorish texnologiyasi - sugʼorish tarmogʼi” tizimi ishlab chiqishdan iborat.

Loyiha boʼyicha quyidagi vazifalar bajarilishi belgilab olingan.

1.   Tanlab olingan tajriba dala konturidagi tomchilatib va yer ustidan sugʼorishning takomillashgan texnologiyalari modullarini raqamlashtirish;

2.   Ekinlarni Smart texnologiyasi asosida parvarishlash (sugʼorish, oʼgʼitlash) nazariyasini va amaliyotini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish;

3.   Suv tejamkor sugʼorish texnologiyalaridagi ekinlarni sugʼorish tartibini aniqlash;

4.   Smart texnologiyasining irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini ishlatishga, sugʼoriladigan yerlarda tuproqning suv-fizik xossalariga ekinlarning oʼsishi, rivojlanishi va hosildorligiga taʼsirini aniqlash;

5.   Resurstejamkor sugʼorish texnologiyalarining iqtisodiy samaradorliklarini aniqlash.

6.   Paxta klasterlari va fermer xoʼjaliklariga agro va gidromeliorativ tadbirlar boʼyicha ilmiy - amaliy tavsiya ishlab chiqish.

Olingan va erishilgan natijalar:

1. Tajriba dalasi tuprogʼining genetik tuzilishini aniqlandi (sizot suvigacha boʼlgan chuqurlikda).

2. Tuproqning mexanik tarkibini aniqlandi (genetik qatlamlar boʼyicha sizot suvigacha).

3.Tuproqni  hajmiy  og‘irligini  aniqlandi.

4. Tuproqni  suv  o‘tkazuvchanligini  aniqlandi.

5. Tuproqning  chegaraviy  dala  nam  sig‘imini aniqlandi.

6. Tuproq  namligini doimiy ravishda nazaorat qilib turildi.

7. Tajriba  maydonida  g‘o‘zani  tomchilatib sug‘orish tartibini aniqlandi.

8. G‘o‘zani oziqlantirish  va  boshqa  agrotexnik  tadbirlarni qabul  qilingan  texnologiya  bo‘yicha  amalga  oshiriladi.

9.Tanlab olingan tajriba dala konturidagi tomchilatib va yer ustidan sug‘orishning takomillashgan texnologiyalari modullarini raqamlashtiriladi.

10.G‘o‘zani Smart texnologiya asosida parvarishlash (sug‘orish, o‘g‘itlash) nazariyasi va amaliyoti ishlab chiqiladi xamda uni amalga oshiriladi.

11.Suv tejamkor sug‘orish texnologiyalaridagi g‘o‘zani sug‘orish tartibi aniqlanadi.

12.Smart texnologiyaning irrigasiya va melioratsiya tarmoqlarini ishlatishga, sug‘oriladigan yerlarda tuproqning suv-fizik xossalariga, ekinlarning o‘sishi, rivojlanishi va xosildorligiga ta'siri aniqlanadi.

13.“Sirdaryo viloyatining tabiiy ofat yuz bergan sug‘oriladigan maydonlarida avtomatlashtirilgan-raqamli texnologiyalarga asoslangan “dala-sug‘orish texnologiyasi-sug‘orish tizimi” mavzusidagi grant loyihasi amalga oshirishda O‘zbekiston respublikasi intelektual mulk agentligining “Smart sug‘orish texnologiyasi qo‘llash orqali paxta hosildorligini bashorati” EXM dasturi ishlab chiqildi hamda o‘quv jarayoniga tadbiq qilindi.

2. FZ-20200929192-sonli “Suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida global iqlim o‘zgarishini sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatiga ta’sirini baholash va bashoratlash hamda GAT texnologiyasi asosida sug‘oriladigan yerlarni gidromodul rayonlashtirish elektron xaritalarini yaratish uslublarini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyiha.

Loyiha rahbari: q/x.f.d., prof. M.X.Xamidov

Loyiha davomiyligi: 2021-2025 yillar

Loyihaning umumiy mablag‘i: 3,2 mlrd so‘m.

Loyihaning 2022 yil uchun ajratilgan mablag‘i: 800 mln so‘m.

Dolzabligi: Jahonda global iqlim o‘zgarishi inson faoliyatining barcha sohalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omilga aylanmoqda. U planetaning ko‘p mintaqalarida atrof muhitga, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida aholi hayoti va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligiga ta’siri yuqoridir, chunki qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning eng ob-havo sharoitiga bog‘liq tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Shu jihatdan, qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olishda agroiqlimiy resurslaridagi o‘zgarishlarni tahlil qilish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada agroiqlimiy resurslarni aniqlaydigan meteorologik parametrlarning dinamikasini zamonaviy uslublar asosida tahlil qilish, meteorologik ko‘rsatkichlarni modellar asosida bashorati, muayyan iqlim zonasida ekin hosildorligining bashoratini GAT xaritasi va modellar asosida ishlab chiqish usullarini takomillashtirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Sug‘oriladigan yerlarini gidromodul rayonlashtirish, asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlarining sug‘orish tartiblari 1982 yilda N.F.Bespalov va boshqalar (sobiq O‘zPITI) tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, bu ma’lumotlardan bugungi kunga qadar ekinlarni suv iste’molini aniqlash va suvdan foydalanish rejalarini tuzishda  foydalanilmoqda.

Respublikamizda mustaqillik yillarida suvdan foydalanish tizimi tubdan o‘zgardi. Ilgari sentyabr oyida daryolardan suv olish to‘xtatilar xamda sho‘r yuvish boshlangunga qadar kanal va zovur tarmoqlari ko‘rikdan o‘tkazilib, ta’mirlash-tiklash tadbirlari amalga oshirilar edi. Xozirgi kunda paxta-kuzgi bug‘doy navbatlab ekish tizimi qo‘llanishi natijasida sug‘orish tarmoqlari yil davomida uzluksiz ishlamoqda. Kollektor-zovur tarmoqlariga tushayotgan yuk juda oshib ketdi. Bular o‘z navbatida tuproq xosil bo‘lish jarayoniga xam ta’sir qilmoqda, gidromorf tuproqlar maydonlarining oshishi kuzatilmoqda. Shuning uchun 80-yillarda ishlab chiqilgan sug‘oriladigan yerlarini gidromodul rayonlashtirilishiga o‘zgarishlar kiritish, gidromodul rayonlar bo‘yicha sug‘oriladigan yerlarni taqsimlash va xar bir gidromodul rayonlar bo‘yicha asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlari (g‘o‘za va kuzgi bug‘doy) ning ilmiy asoslangan sug‘orish tartiblarini aniqlash muximdir.

Bugungi kunda gidromodul rayonlar chegaralari aniq ko‘rsatilgan xaritalar mavjud emas. Ushba loyixa doirasida ilk bor zamonaviy GAT texnologiyasidan foydalanib, Respublikamiz sug‘oriladigan yerlarini gidromodul rayonlashtirish elektron xaritalarini yaratish uslublari ishlab chiqilib, tumanlar kesimida elektron xaritalar yaratiladi. Melioratsiya ekspeditsiyalarining ma’lumotlari asosida bu xaritalarga operativ o‘zgartirishlar kiritib, qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish tartiblariga aniqliklar kiritish mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6024 sonli “O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonida “sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini baholash, monitoringini olib borishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, geoaxborot tizimlari, masofadan zondlash texnologiyasi va uchuvchisiz uchish apparatlaridan keng foydalanish” vazifalari belgilangan.

Shu jihatdan, Respublikamizda global iqlim o‘zarishini sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatiga ta’sirini baholash va GAT texnologiyasi asosida sug‘oriladigan yerlarni gidromodul rayonlashtirish elektron xaritalarini yaratish uslublarini xamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini ilmiy asoslangan sug‘orish tartiblarini zamonaviy AquaCrop kompyuter dasturiga binoan ishlab chiqish masalalarini xal qilishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari iqlim o‘zgarishi hamda Respublikamizda kuzatilayotgan va taboro oshib borayotgan suv tanqisligi sharoitida dolzarb hisoblanadi.

Vazifalar:

  1. Iqlim o‘zgarish darajasini tahlil qilish, iqlim o‘zgarishini yerlarning meliorativ holatiga ta’sirini baholash.
  2. Yerlarning meliorativ holat ko‘rsatkichlarini bashorat qilish
  3. GAT texnologiyasidan foydalanib, sug‘oriladigan yerlarining gidromodul rayonlashtirish elektron xaritalarini tuzish texnologiyasini ishlab chiqish, Respublika tumanlari kesimida sug‘oriladigan yerlarining gidromodul rayonlashtirish elektron xaritalarini tuzish.
  4. Har bir gidromodul rayon bo‘yicha zamonaviy kompyuter texnologiyalariga asoslangan FAO uslubiyoti - CROPWAT dasturiga binoan asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlarining turli tuproq-iqlim sharoitlardagi ilmiy asoslangan sug‘orish tartiblari (sug‘orishlar soni, muddatlari va me’yorlari) ni ishlab chiqish.

Natijalar:

  1. Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston respublikasining meteorologik ko‘rsatkichlari orqali iqlim o‘zgarish darajasi tahlil qilindi.
  2. Tabiiy-iqlim sharoitlar o‘zgarishining sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatiga ta’sirini tahlil qilish usullari takomillashtirildi.
  3. Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston respublikasida suvdan foydalanish darajasi evapotranspiratsiyani modellashtirish orqali aniqlandi.
  4. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish rejimi va me’yorini hisoblash hamda kalibrovka qilishda respublikada ko‘p yillik tajriba natijalari hamda dala tadqiqotlar xisobga olgan xolda ishlab chiqilgan.
  5. Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston respublikasining tabiiy – iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda xalqaro FAO uslubi asosida SropWat kompyuter dasturi orqali gidromodul rayonlar bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish  tartibi ishlab chiqilgan.
  6. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining sug‘orish tartibi va me’yorlari FAO uslublari va umumjaxon qabul qilingan emperik formulalar bo‘yicha hisoblangan va o‘zaro korrelyatsiya koeffitsentlari aniqlangan.
  7. Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston respublikasi tabiiy – iqlim sharoitlarini o‘zgarishiga qarab ekinlarning kunlik suv iste’moli ishlab chiqilgan.
  8. Kosmik suratlar yordamida sug‘oriladigan yerlarniing miqdor aniqlash usuli ishlab chiqildi;
  9. Sug‘oriladigan yerlarda joylashgan kuzatuv quduqlari aniq koordinatalarini  zamonaviy GNSS qabul qilgichlari yordamida aniqlash tizimi takomillashtirildi;
  10. Meliorativ kuzatuv quduqlari orqali olingan ma’lumotlar asosida ArcGIS dasturiy taminotidan foydalanib sug‘oriladigan yerlarda yer osti sizot suvlarining tarqalish elektron raqamli xaritalarini ishlab chiqildi;
  11. Sug‘oriladigan yerlardagi tuproqlarning mexanik tarkibi bo‘yicha elektron raqamli xaritalarni ishlab chiqish uslubiyati yaratildi;
  12. ArcGIS dasturining “Raster Calculator” funksiyasi yordamida sug‘oriladigan yerlarni gidromodul rayonlashtirish  algoritmi ishlab chiqildi.

Kutiladigan natijalar:

Respublikani hududlar kesimida sug‘oriladigan yerlarida sizot suvlari sathi va mineralizatsiyasi, tuproqning sho‘rlanish darajasi va asosiy ekinlar hosildorligi o‘zgarishining yaqin (2030 y), o‘rta (2050 y) va uzoq (2100 y) muddatlarga mo‘ljallangan bashorati qilish uslubini ishlab chiqiladi.

Global iqlim o‘zgarishining yerlarning meliorativ holatiga ta’sirini tahlil qilish usullari takomillashtiriladi, g‘o‘za hosildorligi bashorati eksperimental tadqiqotlar va MODIS radiometrik ma’lumotlari asosida modellashtiriladi, iqlim o‘zgaruvchanligini va antropogen omillarni hisobga olgan holda meliorativ holat ko‘rsatkichlarini uzoq muddatli bashorat qilish usullari va meliorativ holatni baholashning masofadan zondlash va geofazoviy tamoyillariga asoslangan operativ xaritalashtirish uslubi yaratiladi.

Zamonaviy raqamli GAT texnologiyasidan foydalanib, sug‘oriladigan yerlarining gidromodul rayonlashtirish elektron xaritalarini tuzish texnologiyasini ishlab chiqiladi, Respublika tumanlari kesimida sug‘oriladigan yerlarining gidromodul rayonlashtirish elektron xaritalarini tuziladi.

Har bir gidromodul rayon FAO uslubiyoti - CROPWAT dasturiga binoan asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlarining turli tuproq-iqlim sharoitlardagi ilmiy asoslangan sug‘orish tartiblari (sug‘orishlar soni, muddatlari va me’yorlari) ni ishlab chiqiladi.

Loyiha doirasidagi rasmlar:

Quyidagi diagrammada Xorazm viloyatida turli darajadagi sho‘rlangan maydonlarning yillar davomida o‘zgarishini ko‘rish mumkinida o‘zgarishini ko‘rish mumkin

1.5-rasm. Xorazm viloyatida sho‘rlangan sug‘oriladigan yerlarning yillar davomida o‘zgarishi.

Quyidagi diagrammada Qoraqalpog‘iston Respublikasida turli darajadagi sho‘rlangan maydonlarning yillar davomida o‘zgarishini ko‘rish mumkin(1.6-rasm).

6-rasm. Qoraqalpog‘iston Respublikasida sho‘rlangan sug‘oriladigan yerlarning o‘zgarishi.

Mavjud sizot suvlari sathini kuzatuvchi quduqlarning geografik joylashuviga ko‘ra koordinata qiymatlarini geoma’lumotlar bazasiga kiritish va elektron raqamli ko‘rinishda vizuallashtirish

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining geoma’lumotlar bazasida gidromodul rayonlashtirish xaritalarini elektron raqamli ko‘rinishda tuzish

CropWat dasturi bo‘yicha sug‘orish me’yorlari

3. 9-B-“Xorazm viloyatida kollektor-zovur suvlari shakllanishini kamaytirish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida xo‘jalik shartnomasi.

Rahbar: q.x.f.d., professor B.Sh.Matyakubov - 23,75 mln. so‘m.

Bajarilish muddati - 2022 yilning 31 martigacha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi.

Loyiha maqsadi: Suv resurslaridan oqilona foydalanish, sug‘oriladigan maydonlarning ikkilamchi sho‘rlanishini oldini olish, sug‘orish tarmoqlaridan bo‘ladigan suv isrofini hamda kollektor-zovur tarmoqlarida shakllanadigan suvlarni kamaytirish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.Loyiha bo‘yicha quyidagi vazifalar bajarilishi belgilab olingan:

1.Daryolik (Ozyorniy) kollektoriga bog‘liq bo‘lgan tajriba dalani tanlash.

2.Tajriba dalada qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orishda suv tejamkor sug‘orish texnologiyasini qo‘llash.

3. Tanlangan daladagi tuproqning suv-fizik ko‘rsatkichlarini aniqlash.

4. Tanlangan tajriba dala bo‘yicha 2021 yildagi agrotexnik tadbirlarni to‘plash va taxlil qilish.

5. Kelgusi 2022 yilda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uchun tajriba dalani jihozlash bo‘yicha kerakli asbob uskunalarni aniqlash.

6. Tajriba dalani kerakli uskunalar bilan jihozlash.

Daryolik (Ozyorniy) kollektoriga bog‘liq bo‘lgan tajriba dalalar tanlandi.

2.Tajriba daladani tanlashda qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orishda suv tejamkor sug‘orish texnologiyasini qo‘llanilishi hisobga olindi (tomchilatib sug‘orish dalasi olindi).

3. Tanlangan daladagi tuproqning suv-fizik ko‘rsatkichlarini aniqlandi.

4. Tanlangan tajriba dala bo‘yicha 2021 yildagi bajarilgan agrotexnik tadbirlar to‘plandi va taxlil qilindi.

5. Kolektorning chiziqli sxemasi tajriba dalalarga mos xolatda shakllantirildi.

6. Kelgusi 2022 yilda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uchun tajriba dalani jihozlash bo‘yicha kerakli asbob uskunalarni aniqlandi.

7. Tajriba dalani kerakli uskunalar bilan jihozlash ishlari bo‘yicha ishlar davom qilmoqda (2022 yil mavsum davomida amalga oshiriladi).

Tajriba maydonidagi tomchilatib sug‘orish tizimi.

Tomchilatib sug‘orish texnologiyasi orqali sug‘orish jarayoni

1. “Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda raqamli texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish”. Ilmiy rahbar t.f.n., professor Begmatov I.A. (oraliq bosqich);

Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

- ilk bor Toshkent viloyatining sho‘rlanmagan, mexanik tarkibi yengil qumoq, bo‘z tuproqlari sharoitida gulkaramni yetishtirishda yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi qo‘llanilgan;

- yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini gulkaramning maqbul sug‘orish muddati va mavsumiy suv me’yorlari hamda suv iste’moliga ta’siri aniqlangan;

- yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasining gulkaramning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi va sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan.

Tadqiqot ob’yekti: Mavzu bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari Toshkent viloyatining qadimdan sug‘orilib kelinayotgan, O‘rta Chirchiq tumani hududida joylashgan TIQXMMI O‘quv ilmiy markazida amalga oshirildi.

2. “Yomg‘irlatib sug‘orish usulining samaradorligini o‘rganish va qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish”. Ilmiy rahbar t.f.n., professor Begmatov I.A. (oraliq bosqich). Ushbu mavzular bo‘yicha kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishda faol qatnashmoqdalar.

Tadqiqot ob’yekti: Mavzu bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari viloyatlarning qadimdan sug‘orilib kelinayotgan tuman hududlarida joylashgan fermer xo‘jaliklarida amalga oshirildi.

Tadqiqotning vazifalari:

Masalan, nazorat nuqtalariga o‘rnatiladigan sensorlar tuproq xususiyatlarining asosiy tizimlarini aniqlashga moslashtirilgan. Datchiklar esa tabiiy xilma-xillik (relef, tuproq turi, yorug‘lik, ob-havo, begona o‘tlar va zararkunandalar miqdori), kasallikka chalingan o‘simlik, hosildorlik haqida oldindan ma’lumot beradi. Sensor va datchiklar nafaqat ekin yetishtirishga, balki hosilni to‘liq saqlashga ham yordam beradi. Bularning bari o‘simliklarni parvarishlashga aql bilan yondashuvni ta’minlaydi.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

Dehqonchilikda datchik va sensorlardan foydalanish - intellektual ferma tashkil etishda muhim qadam hisoblanadi. O‘nlab kvadrat kilometr joydan ular radiokanallar orqali nazoratdagi ob’yektlar holati - asosan, tuproqning namlik darajasi, harorat, o‘simlikning sog‘lomlik darajasi, yonilg‘i zaxirasi va boshqa muhim parametrlar haqida uzluksiz ma’lumot yetkazib tura oladi.

Kutiladigan natijalar: Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda raqamli texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

 

Iqtisodiyotning tegishli sohalariga oid korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda bajarilayotgan xo‘jalik shartnomalari.

O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 2020 yil 11 avgustdagi PQ 4801-sonli qarori bo‘yicha IvaM kafedradasi professor o‘qituvchilari I.A.Begmatov tomonidan 2022 yilda Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida ta’mirlash tiklash va rekonstruksiya qilish shartnomasi bo‘yicha ishlar ham amalga oshirilmoqda.

 

t/r

 

Ilmiy tadqiqot mavzusi

 

Loyiha raqami

 

Loyiha

rahbari

Loyihani amalga oshirish muddati

Loyihaning umumiy qiymati

 

15

15j/22. “Mirzaobod tumanidagi “D-3-20a” irrigatsiya tizimi kanalini rekonstruksiya qilish”

2022 yildagi xo‘jalik sharnoma

Prof. Begmatov I.A.

2022 y.

60,33 mln. so‘m

16

14j/22. “Guliston tumanining Yuksalish hududini suv bilan ta’minlovchi “Yuksalish” sug‘orish tarmog‘ini rekonstruksiya qilish”

 

2022 yildagi xo‘jalik sharnoma

Prof. Begmatov I.A.

2022 y.

15,9 mln. so‘m

 

Chet el grantlari bo‘yicha bajarilgan ishlar.

Xalqaro grantlar doirasida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari.

Ilmiy tadqiqot ishi mavzusi

Loyiha turi

Ilmiy rahbar

1. Erasmus+ ICM (2019-2023 y.y) – Humboldt University in Berlin (Gumboldt nomidagi Berlin Universiteti, Germaniya) ta’lim grantlari loyhasi

2. Erasmus+ ICM (2019-2022 y.y) – Kassel University, Germany (Kassel universiteti, Germaniya) ta’lim grantlari loyhasi

Ta’lim grantlari

professor M.Xamidov

3. WEFUz: Germaniya tadqiqot jamg‘armasi(DFG)ning “Sug‘orma dehqonchilikda suv-energetika-oziq-ovqat xavfsizligi barqarorligini baholash: O‘zbekistondagi daryo havzalari misollarida” (“Sustainability Assessment of the Water-Energy-Food Nexus for Irrigated Agriculture: Examples from River Basins in Uzbekistan”) (2019-2022) (hajmi 308 950 yevro)

Ilmiy grantlar

professor M.Xamidov

  • PhD talabalarining rivojlangan davlatlardagi nufuzli universitetlar talablari bo‘yicha bajarilgan dissertatsiyalari bilan tanishish;
  • Oldindan taqriz qilinadigan xalqaro ilmiy jurnallarda maqola chop etish shartlari va unga qo‘yiladigan talablarni o‘rganish va xamkorlar bilan birga ilmiy maqolalar chop etish;
  • Ilmiy seminar majlislarida ishtirok etish;
  • Ilmiy tadqiqot ishlari strategiyasini ishlab chiqishning o‘ziga xosliklarini o‘rganish va unda ishtirok etish;
  • Yevropada suv resurslarni boshqarishning institutsional jixatlarini tadqiq qilishda keng qo‘llanilayotgan, ilmiy tadqiqotlarning uslublari bilan tanishish;
  • Professor-o‘qituvchilarning malakalarini oshirish;
  • Ilmiy kelgusidagi xamkorlikka asos bo‘luvchi xujjatlar va loyixa takliflari ustida ishlash;
  • Yoshlarning yetakchi xorijiy Universitetlarda bakalavriat, magistratura va doktoranturada o‘qishlari.
  • Xalqaro grantlar doirasida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari.
  • Germaniya tadqiqot jamg‘armasi (DFG) tomonidan moliyalashtirilayotgan GZ: HA 8522/2-1 «WEFUz project-Sug‘orma dehqonchilikda suv-energetika-oziq-ovqat xavfsizligini barqarorligini baholash: O‘zbekistondagi daryolar misollarida» (Sustainability assessment of the Water-Energy-Food nexus for irrigated agriculture: Examples from river basins in Uzbekistan) ilmiy loyihasi.
  • Loyiha uch yil davomida Germaniyaning Leybnits nomli qishloq xo‘jaligi landshaftlari ilmiy-tadqiqot markazi (ZALF) va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) hamkorligida olib boriladi.
  • Loyiha muddati: 08.2019-01.2023
  • Loyiha mablag‘i: 308 950 Euro
  • Loyihaning maqsadi suv-energetika-oziq-ovqat (WEF) aloqasini yaxshiroq anglash va O‘zbekistonda daryo havzalarida sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi sharoitida uni barqaror boshqarish variantlarini aniqlashdir. Xususan, ushbu tadqiqotlar WEF aloqalarini boshqarish tsenariylarini birgalikda ishtirok etishdan oldin barqarorlikni baholash uchun ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqadi. Tijorat hisob-kitoblarini tahlil qilish uchun ikki darajali yondashuv qabul qilinadi: energiya uchun suv va oziq-ovqat uchun suv (1-daraja) bilan suv ta’minoti va zudlik bilan oziq-ovqat ishlab chiqarish uchun suv bilan uzoq muddatli oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun suv bilan o‘zaro hisob-kitoblar tuproqning unumdorligini ta’minlash va sho‘rlanish natijasida buzilishdan saqlanishni ko‘rib chiqadi (2-daraja).
  • Loyihaning vazifalari:
  • Loyiha bo‘yicha aniq tadbirlar to‘rtta ish dasturida tuzilgan:
  • (1) 28 ta daryo havzalarini gidrologik, ijtimoiy-iqtisodiy va agrotexnika parametrlari bo‘yicha tahlil qilish orqali, uchta daryo havzasini chuqur amaliy tadqiqotlar o‘tkazish uchun tanlanadi va tadqiqotlar olib boriladi;
  • (2) WEF aloqasini barqaror boshqarish uchun cheklovchi omillar va ko‘rsatkichlarni aniqlash uchun sun’iy yo‘ldosh tasvirini tahlil qilish, hujjatlarni tahlil qilish va manfaatdor tomonlarning maslahatlarini o‘z ichiga olgan holda, daryo havzalarini kontekstli tahlil qilish;
  • (3) tsenariylarni ishlab chiqish va WEFning aloqalarini boshqarish bo‘yicha muqobil variantlar bo‘yicha ishtirok ta’sirini baholash;
  • (4) baholash natijalarini sintez qilish va tasdiqlash hamda texnologik va institutsional nuqtai nazardan WEF aloqasini barqaror boshqarish uchun o‘tkaziladigan ko‘rsatkichlar va determinantlarni aniqlash.
  • Kutilayotgan natijalar: Ushbu tadqiqot loyihasi bir qator nazariy tushunchalarni birlashtirish orqali (masalan, Kollektiv harakatlar, ko‘p markazli boshqaruv, aqliy modellar) barqarorlikni ta’minlash uchun WEFning o‘zaro kelishuvlari bo‘yicha ilmiy yondashuvni rivojlantirishga qaratilgan. Taklif yetilayotgan tadqiqotlar WEF aloqalarini boshqarish va barqaror rivojlanish sohasida tarmoqlararo muvofiqlashtirish bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga qaratilgan. O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030 yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlarini (SDG) bajarishga va tabiiy resurslaridan barqaror foydalanishni ta’minlashga kelishib oldi. Shunday qilib, ushbu loyiha WEF aloqalarini boshqarish bo‘yicha mamlakatning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy yo‘nalishlari bo‘yicha mamlakatning oldingi rivojlanishini ilmiy tahlil qilish uchun kompleks yondashuvni amalga oshirishga qaratilgan.
  • Loyiha doirasida Germaniya Federativ Respublikasining Myunxeberg shahrida joylashgan Laybniz Qishloq xo’jaligi ilmiy-tadqiqotlar markazida (ZALF) 2022 yil 14-dekabr kuni, O’zbekistondan tashrif buyurgan TIIAME NRU, Smart InnoTech LLC, Professor va ilmiy hodimlardan tashkil topgan delegatsiya a’zolari va Berlindagi Humboldt Universiteti va Laybniz Qishloq xo’jaligi ilmiy-tadqiqotlar markazi professor va ilmiy hodimlar o’rtasida 2019 -yilda boshlangan WEF UZ loyihasining yakuniy hisobot davra suhbati bo’lib o’tdi.

Xalqaro hamkorlik va chet el bilan ilmiy aloqalar asosida erishilgan natijalar.

Xalqaro grantlar doirasida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari.

Ilmiy tadqiqot ishi mavzusi

Loyiha turi

Ilmiy rahbari

Erishilgan natijalar

1. Erasmus+ ICM (2019-2023 y.y) – Humboldt University in Berlin (Gumboldt nomidagi Berlin Universiteti, Germaniya) ta’lim grantlari loyhasi. (38230 yevro ).

2. Erasmus+ ICM (2019-2022 y.y) – Kassel University, Germany (Kassel universiteti, Germaniya) ta’lim grantlari loyhasi  (35000 yevro ).

Ta’lim grantlari

professor M.Xamidov

Gumboldt nomidagi Berlin Universiteti bilan 2019-2023 yillarga mo‘ljallangan loyiha doirasida 2 ta nomzod PO’ va tadqiqotchi malaka oshirdi.

Kassel Universiteti bilan xamkorlik doirasida 2022 yil bahorgi semestrda 3ta talablar o’qib keldi.

3. WEFUz: Germaniya tadqiqot jamg‘armasi(DFG)ning “Sug‘orma dehqonchilikda suv–energetika–oziq-ovqat xavfsizligi barqarorligini baholash: O‘zbekistondagi daryo havzalari misollarida” (“Sustainability Assessment of the Water–Energy–Food Nexus for Irrigated Agriculture: Examples from River Basins in Uzbekistan”) (2019-2023) (hajmi 100000 yevro)

Ilmiy grantlar

professor M.Xamidov

2022 yilning 14 dekabr kun ZALF tadqiqot markazida WEFUz loyihasining yakunlovchi seminarida 5 nafar PO’ qatnashdi.