TIQXMMI yangiliklari

img
01.04.2023

Konstitutsiya o‘zlikni anglash, haq-huquqni tanish demakdir

2023 yilning 31 mart kuni soat 16:00da “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida “Inson qadri ulug‘langan yurt” degan ezgu g‘oya ostida rahbar va pedagog xodimlar ishtirokida Yangi O‘zbekistonning yangilanyotgan Konstitutsiyasiga bag‘ishlab “Referendum-2023” nomli ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Yoshlar ishlari Agentligi boshqarma boshlig‘i Sherzod Olimov, Oliy majlis qonunchilik palatasi deputati Moxira Xodjaeva, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkat Ergashev, Oliy majlis qonunchilik palatasi deputati Muxtabar Xusanova, Universitet bitiruvchisi Hikmatulla Shoumarov, mehmon san’atkorlar universitet professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida faoliyat olib borayotgan 1000 nafardan ortiq rahbar va pedagog xodimlar, talabalar ishtirok etdi. Forum jarayonida  Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati, ta’lim rivojiga doir muhim jihatlar xususida ma’lumotlar berildi.

Asosiy Qonunimiz mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etish yo‘lida qo‘lga kiritilayotgan barcha yutuq va marralarimizning xuquqiy poydevori – kelajagimizning ishonchli kafolati ekanligi ta’kidlanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi mamlakatimizning yangi tahrirdagi “Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi, ushbu Qonun umumxalq referendumida ovozga qo‘yilishi va ana shu Referendum joriy yilning 30 aprel, yakshanba kuniga belgilanganligi va unda har birimiz ishtirok etib o‘z fuqarolik burchimizni bajarmog‘imiz lozimligi alohida qayd etib o‘tildi.

Tadbir davomida yangilanayotgan konstitutsiyaviy qonun loyiha matnining 411-moddasidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari qonunda belgilangan doirada o‘zini o‘zi boshqarish, akademik erkinlik, shuningdek, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqiga egaligi, shuningdek, davlat ilm-fanni rivojlantirishga, jahon ilmiy hamjamiyati bilan ilmiy aloqalar o‘rnatishga ko‘maklashishi hamda ta’limni rivojlantirish bo‘yicha yangilanayotgan bosh qomusimizda qator huquqiy asoslar keltirib o‘tilgani qayd etildi.

Tadbirda universitetimiz rektori Bahodir Mirzaev ishtirok etdi. Taklif etilgan mehmon sifatida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod qatnashib o‘zining mavzuga doir she’rlaridan o‘qib berdi.

Yangilangan Bosh Qomusimizda so‘zga chiqqanlar tomonidan inson va fuqaroning huquq, erkinlik va majburiyatlari tenglik hamda teng huquqlilik asosida amalga oshirilishi, shunday ekan, uning har bir moddasi inson qadr-qimmatini himoyalaydigan, Yangi O‘zbekistonning yangi taraqqiyotini belgilab beradigan Konstitutsiya to‘g‘risidagi referendumda “Yangi O‘zbekistonning yangilanayotgan konstitutsiyasi – mening konstitutsiyam” deb g‘urur va iftixor bilan ishtirok etishlarini baralla namoyish etishdi.

Universitet matbuot xizmati