17/04/2023

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ko’rsatkichi

Yer yuzida taraqqiyotning rivojlanishi foydalanilayotgan energiya turi va hajmi bilan har doim chambarchas bogʻliq boʻlib kelgan. Bugungi kunda energiyadan foydalanish hajmi shunchalik ortmoqdaki, uning kelgusida yanada koʻpayishi biosfera, demakki, kelajakda insoniyatning rivojlanishi uchun ham katta xavf tugʻdiradi. Shu sababli butun dunyoda oʻtgan asrning oxirgi oʻn yilidan boshlab, energiyaning qayta tiklanadigan ekologik toza manbalaridan biri hisoblanuvchi quyosh, suv, shamol, biomassa va geotermal energiya manbalaridan foydalanishga alohida eʼtibor qaratila boshlandi.  “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti ham yashil energetika siyosatini qo‘llab quvvatlaydi va hozirgi dunyo sandartlari asosida elektr energiya istimolini optimizatsiya qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish yo‘lini tanlamoqda

2023-yilning birinchi choragi hisobidan Universitetda umumiy quvvati 150 kW bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi o‘rnatilgan. Ushbu elektr stansiyasini alohida jihati shundaki, O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalari ichida birinchi marta quyosh energiyasini akkumulyatsiyalash tizimi universitetga o‘rnatildi. Ishlab chiqarilgan elektr energiya kutubxona va laboratoriya jihozlarini elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun foydalaniladi. Bu tizimning afzalligi, elektr taʼminotida uzilishlar sodir bo‘lganda isteʼmolchilarni ikki soatgacha uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash imkoni bo‘ladi.

“TIQXMMI” MTU kutubxonasida o’rnatilgan quyosh panellari 

“TIQXMMI” MTU o’quv binolariga o’rnatilgan quyosh panellari 

2023-yilning ikkinchi choragi yakuniga qadar universitetda 1000 kWt dan oshiq elektr energiya ishlab chiqarish mkoniyatiga ega bo’lgan quyosh panellari o’rnatilishi rejalashtirilgan

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari, yashel energetika  yuzasidan olib borilayotgan Universitet ilmiy tadqiqot ishlari haqida ma’lumot

Bugungi kunda tabiiy  energiya  resurslarini  tejash  va  undan  samarali  foydalanishda,  qayta tiklanadigan  muqobil  energiya  manbalarining  ahamiyati  juda  katta. Xususan, respublikamizda quyosh, shamol va biomassa energiyalaridan foydalanish yuqori samara beradi. Albatta buning uchun birinchi navbatda malakali va bilimli kadrlarga extiyoj tug‘iladi. Hozirda respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida ushbu sohaga kadrlar yetkazib berilmoqda. Jumladan, institutimiz “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasida “Muqobil energiya manbalari” mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlab kelinmoqda.

12-noyabr kuni kafedra professori O.Tursunov rahbarligida olib borilayotgan “Indorama Agro Sardoba qishloq xo‘jaligi klasterida tomchilatib sug‘orish tizimi uchun shamol energiyasini qo‘llash istiqbollari” mavsusidagi magistrlik dissertatsiya ishi bo‘yicha M39 Magistral yo‘lida dala eksperimenti o‘tkazildi. Kafedra tayanch doktoranti N.Abdug‘aniyev va “Muqobil energiya manbalari” mutaxassisligi 1-kurs magistranti G‘.Mustafoyevlar amaliy tadqiqot jarayonida bevosita ishtirok etishdi

Ushbu eksperimentning asosiy maqsadi M39 Magistral yolida mashinalar qatnovi va tabiiy ravishda hosil bolayotgan shamol oqimi energiyasi potensialini aniqlash hamda undan yolni yoritish va elektromobillarni energiya bilan taminlash hisoblanadi. Tadqiqot jarayoni uch bosqichda amalga oshirildi, yani ertalabki soat 1000-1100 oraligi I bosqich, kunduzgi soat 1500-1600 oraligi II bosqich va kechki soat 1800-1900 oraligi III bosqich. Har bir bosqichdagi belgilangan vaqt oraliqlarida magistral yo‘lda hosil bo‘layotgan shamol tezligi va mashinalar oqimi qayd etib borildi. Magistrlik dissertatsiya ishining keyingi bosqichida mazkur o‘lchov natijalari mavjud formulalar yordamida hisob-kitob qilinadi.

Xulosa ornida shuni aytish mumkinki, har bir sohada yetuk va malakali mutaxassislarni tayyorlashda mana shunday amaliy tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi.