E'lonlar

16.07.2022

"TIQXMMI" milliy tadqiqot universiteti rivojlanish va xalqarolashtirish strategiyasining 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan ikkinchi bosqichiga o‘tmoqda

"TIQXMMI" milliy tadqiqot universiteti rivojlanish va xalqarolashtirish strategiyasining 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan ikkinchi bosqichiga o‘tmoqda. "TIQXMMI" milliy tadqiqot universiteti xorijiy tadqiqotchilar, professorlar/dotsentlar/yosh olimlarni  universitet  jamoasiga qabul qilish qilish  jarayoni boshlanganligini mamnuniyat bilan e'lon qiladi. Yangi  falsafa doktorlari va fan nomzodlari asosan kafedra assistenti lavozimiga ishga qabul qilinadilar, belgilangan muddat tugagandan so‘ng va qo‘shimcha attestasiyadan o‘tkach dotsent lavozimiga ko‘tariladi. Tegishli talablarni bajargan va natijalarni ko‘rsatganlar  yana besh - yetti yil davomida professor lavozimga o‘tkazilishi mumkin. Boshqa universitetdan kelgan yoki doktorlik dissertasiyasiga ega bo‘lgan, tegishli sohada ilmiy ish tajribasiga ega bo‘lgan nomzodalar dotsent lavozimiga ishga qabul qilinishi mumkin.
Nomzodlardan quyidagilarga ega bo‘lish kutiladi:
- yaxshi pedagogik va ilmiy tajribaga  hamda tegishli mutaxassislik bo‘yicha Ph.D. yoki fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lish. Xalqaro reytinglarda birinchi 1000 talikka kiruvchi universitetlardan ilmiy daraja olganlarga ustivorlik beriladi;
- ingliz tilini talab darajasida bilish (rus /o‘zbek tilini bilish ma'qullanadi, lekin talab qilinmaydi);
- yuqori darajada tadqiqot o‘tkazish, o‘qitish va taqdimot qilish qobiliyatlariga ega bo‘lish;
- OTMlarida kamida ikki yillik pedagogik tajribaga ega bo‘lish;
- qator mutaxassislar va talabalar guruhi bilan birga ishlay olish;
- ochiq fikrli va intizomli.
"Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti" milliy ilmiy-tadqiqot universiteti o‘zining yuqori darajadagi muhandislik (irrigasiya, suv resurslari, atrof-muhit, yelektrlashtirish va avtomatlashtirish, qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash, yer resurslarini boshqarish va qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti / menejment va marketing) sohasidagi yetakchi dasturlari bilan tanilgan birinchi darajali, mintaqaviy tan olingan oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasasidir. "TIQXMMI" milliy tadqiqot universiteti xalqarolashtirish uchun o‘ziga xos qulay muhitga ega. "TIQXMMI" milliy tadqiqot universitetida hozirgi kunda  Koreya (Janubiy Koreya), Vengriya, Rossiya, Pokiston, Qozog‘iston va boshqa ko‘plab mamlakatlardan kelgan o‘nlab yuqori malakali professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda.
YouTube-ga havola https://www.youtube.com/watch?v=BEvhkCDi0r8

Barcha bo‘lim va bo‘limlar biriktirilgan hujjatda keltirilgan.
Iltimos, "TIQXMMI" MTU ga virtual sayohat qiling http://virtualtour.tiiame.uz