E'lonlar

10.09.2023

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha 2024-yil uchun tayanch doktorantura, doktorantura, va stajor-tadqiqotchilik hamda mustaqil izlanuvchilikka qabul e’lon qiladi

(ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish uchun)

T/r

Ixtisoslik shifri va nomi

Tayanch doktorantlar soni

Doktorantlar soni

Stajyor-tadqiqotchilar soni

1.

01.02.04 - Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi

1

-

-

2.

05.01.01-Muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi. Audio va vediotexnologiyalar

1

-

-

3.

05.01.02 - “Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash”

2

-

-

4.

05.01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari”

2

1

-

5.

05.01.11 -“Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt”

2

1

-

6.

05.01.06 - “Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari”

2

1

-

7.

05.01.08 - Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish

4

1

1

8.

05.05.07 - “Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar”

5

-

1

9.

05.07.01 - “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash

4

-

1

10.

05.09.06 - Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi

4

-

-

11.

05.09.07 -Gidravlika va muxandislik gidrologiyasi

10

1

1

12.

06.01.02 - Melioratsiya va sug‘orma dexqonchilik

4

1

-

13.

06.01.10 -Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi

1

-

-

14.

07.00.01 - O‘zbekiston tarixi

1

-

-

15.

08.00.04 - “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti

4

-

-

16.

08.00.08 Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit

2

-

-

17.

09.00.04 - Ijtimoiy falsafa

1

-

-

18.

11.00.05 Atrof muxitni muxofaza qilish va tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish

2

-

1

19.

11.00.07 - “Geoinformatika”

2

-

-

20.

13.00.05 - Kasb hunar  ta’limi nazariyasi va metodikasi

3

-

-

21.

13.00.02 - “O‘qitish nazariyasi va metodikasi”

7

-

-

22.

05.05.06 - “Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari”

2

-

-

23.

05.10.01 – “Mehnatni muhofaza qilish va inson faoliyati xavfsizligi”

2

-

-

 

Jami

68

6

5

 

 

Talabgorlarni tayanch doktorantura,  stajor-tadqiqotchi, mustaqil izlanuvchilikga (PhD) qabul qismi bo‘yicha quyidagi xujjatlar talab etiladi:

  1. Ariza.
  2. Qisqacha biografik maʼlumot (obʼektivka - namuna 3.5 shakl boʼyicha oʼzbekcha va ruscha shaklda).
  3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
  4. Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisida diplom nusxasi.
  5. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis).
  6. Ish joyidan tavsifnoma (mustaqil izlanuvchilar uchun).
  7. Pasport nusxasi.
  8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa).
  9. IELTS, TOEFL yoki boshqa tan olingan talab darajasidagi sertifikatlar.

Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim (http://phd.mininnovation.uz) orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.

 Doktorantura, mustaqil izlanuvchilikka doktorantura (DSc)ga :

  1.  Ariza.
  2. Qisqacha biografik ma’lumot (obyektivka, namuna boʻyicha 3.5 shakl, oʻzbekcha va ruscha shaklda).
  3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
  4. Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi.
  5. Tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining batafsil loyihasi.
  6. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 3 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis).
  7. Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun).
  8. Pasport nusxasi.
  9. Ilmiy yutuqlari (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi).
  1.  IELTS, TOEFL yoki boshqa tan olingan talab darajasidagi sertifikatlar.

Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim (http://phd.mininnovation.uz) orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.

Hujjatlar 2023 - yilning 15-sentabridan  15-oktabriga qadar qabul qilinadi.

Murojaat uchun manzil: Toshkent shahar, Qori-Niyoziy ko‘chasi, 39. 

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Ilmiy – tadqiqotlar va innovatsiyalar bo‘limi. 

Ma’lumot uchun telefonlar: (8-371) 237-09-46, 237-19-61.