TIQXMMI yangiliklari

img
22.03.2023

TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti QS World University Rankings by Subject 2023 natijalariga asosan, 3ta fan sohasi bo‘yicha TOP 500 talikda.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti QS xalqaro reyting agayentligi tomonidan 2023-yil uchun e’lon qilingan “Fan sohalari reytingi” (Subject Rankings 2023) ko‘rsatkichlari bo‘yicha O‘zbekiston OTMlari orasida ilk bor birato‘la 3 ta fan sohasi bo‘yicha dunyo universitetlarining  TOP-500 lik ro'yxatida e’tirof etildi, shundan 2 tasi yirik fanlar sohalari va 1 ta ixtisoslashgan fan bo‘yicha yuqori natija qayd etdi.

Mazkur QS xalqaro reyting natijalariga asosan, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti 5 yirik fanlar sohasi va 54 ta fan bo‘yicha dunyoning jami 1597 ta universitetlari orasida fan sohalari (Broad Subjects) bo‘yicha:

  • Muxandislik va Texnologiya (Engineering and Technology) – 60.9% ko‘rsatkich bilan 451-500 o‘rin;
  • Tabiiy fanlar (Natural Sciences) – 58.0%  ko‘rsatkich bilan 501-520 o‘rinni egalladi.

Tabiiy fanlar (Natural Sciences) fan sohasiga tegishli  ixtisoslashgan fan yo‘nalishi (Narrow Subjects) bo‘yicha:

  • Atrof muhit muhofazasi fanni (Environmental Science) bo‘yicha 66.2%  ko‘rsatkich bilan 351-400 o‘rinni egalladi.

Mazkur reyting natijalari quyidagi 5 ta yo‘nalish bo‘yicha baholangan:

  1. Akademik reputatsiya (Academic Reputation);
  2. Ish beruvchi reputatsiya (Employer Reputation);
  3. Har bir maqola uchun ixtiboslik  (Citations Per Paper)
  4. H-indeksi (H-Index);
  5. Xalqaro tadqiqotlar tarmog‘i (International Research Network)

 

manba