TIQXMMI yangiliklari

img
09.11.2023

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti delegatsiyasi Malayziyaning yana bir yetakchi universiteti vakillari bilan uchrashdi

Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida o'tayotgan sammit davomida dunyoning  QS Top#600 universitetlari ro'yxatiga kiruvchi Malayziyaning yetakchi muhandislik universiteti hisoblangan Mara texnologiya universiteti (UTM) taklifiga binoan, "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti ("TIQXMMI" MTU) delegatsiyasi ushbu universitet vakillari  bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuv davomida talaba va o‘qituvchilar almashinuv dasturi, qo‘shma diplom (double degree) va talabalarning startap loyihalarini qo'llab quvvatlash, ularni hamkorlikda joriy etish va tijoratlashtirish masalalari muhokama qilindi. 

Kelgusida universitetlarga qarashli bo'lgan Innovatsiya va tadqiqot klasteri ("TIQXMMI" MTU, O'zbekiston) hamda Biznes innovatsiya va texnologiyani tijoratlashtirish markazi - BITCOM (UTM, Malayziya) hamkorlikda universitetlarning ilmiy ishlanmalarini Malayziya hamda O'zbekiston bozorlarida joriy qilish va tijoratlashtirish rejasini ishlab chiqish va uni amalga oshirishga kelishib olindi.  Ushbu hamkorlik aloqalari talabalarning bilim va ko'nikmalarini kengaytirish, shuningdek, texnologiya va muhandislik sohasidagi innovatsiyalarni jadalashtirishga qaratilgan.