TIQXMMI yangiliklari

img
11.12.2021

Texnikumda mahorat darsi

“Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi dotsenti, i.f.d. M.Sh.Mamatkulov Andijon viloyatidagi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Paxtaobod qishloq xo‘jaligi texnikumi”ga tashrif buyurib, o‘quvchilarlarga “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” mavzusida mahorat darsi o‘tib berdi. Mazkur Yangi taraqqiyot strategiyasinining 7 ta ustuvor yo‘nalishlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati o‘quvchilarga ochib berildi. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida birinchi o‘ringa shaxs, inson qadri yuqori o‘ringa qo‘yilib, “Inson – jamiyat – davlat” degan yangi tamoyil asosida inson manfaati, uning qadr-qimmati bosh maqsad ekanligi aytib o‘tildi.

Uchrashuv qizg‘in muhokama ruhida o‘tkazilib, o‘quvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Undan tashqari, uchrashuv mobaynida o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, o‘quv-uslubiy ta’minot bilan bog‘liq mavjud muammolar va ularni yechimlari bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan o‘quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlashda amaliy yordam berilishi ta’kidlab o‘tildi.

 

 

TIQXMMI matbuot xizmati