TIQXMMI yangiliklari

img
21.05.2024

Texnik ekspertiza-bugungi kun zarurati

Universitetimizning “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi va O‘zbekiston milliy metrologiya instituti o‘rtasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot va kadrlar tayyorlash sohasida manfaatli aloqa o‘rnatilgan. Kafedraning bir nechta professor-o‘qituvchilari “20-may-Butunjahon metrologiya kuni” munosabati bilan tabriklash hamda o‘quv va ilmiy tadqiqot, kadrlar tayyorlash masalalarida mavjud muammolarni muhokama qilish maqsadida institutga tashrif buyurishdi.

Uchrashuvda mamlakatimizning ekspert salohiyatini oshirish, bozorlarimizni sifatli sanoat mahsulotlari bilan to‘ldirishda texnik ekspertizaning ahamiyati, ushbu soha bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

      Universitet matbuot xizmati