TIQXMMI yangiliklari

img
02.04.2024

“Temuriylar tarixi davlat muzeyi”ga tashrif

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti "Iqtisodiyot" fakulteti “Ingliz tili” kafedrasi o’qituvchilari Yuldashova Nargiza va Baxitjanova Eleonora rahbarligida  “Careers in tourism and hospitality” mavzusida Turizm 105-guruh talabalari “Temuriylar tarixi davlat muzeyi”ga soha yuzasida ingliz tilini amaliy tadbiq qilish maqsadida tashrif buyurishdi.

Buyuk bobokalonimiz Amir Temur hayoti va jasorti hamda uning hayot yo’lidagi ko'pgina ijobiy say-harakatlari, uning buyuk shajarasi tarixi bilan tanishishdi va talabalar o’zlarini turism sohasi bo’yicha gid sifatida qobiliyatlarini shakllantirish maqsadida o’zlari olgan ma’lumotlari asosida ingliz tilida nutq bayonotlar qilishdi va videolarga olishdi. Bu turdagi tashrifdan ko'zlangan natija talabalarning dunyoqarashini oshirish va ingliz tilida o’qish, eshitish va gapirish konikmalarini va lug'at boyligini shakllantirishdir.

                  "Ingliz tili" kafedrasi o'qituvchisi N.Yuldashova axboroti

              'TIQXMMI' MTU matbuot xizmati