TIQXMMI yangiliklari

img
05.10.2023

Tarixiy Ming O‘rik muzeyiga tashrif

Toshkentning Amir Temur maydonini bog‘laydigan markaziy ko‘chalaridan birida Ming O‘rik deb ataladigan noyob tepalik poytaxtimizning tarixiy urbanizatsiyasining yorqin dalili hisoblanadi. Aslida, bu tepalik Turk xoqonligi poytaxti Chochni qo‘riqlagan qadimiy qalʼa xarobasidir. Tarixga nazar solsak shahar eramizning I asr boshlarida, arablarning O‘rta Osiyoga kelishidan oldin ham mavjud bo‘lgan. Qadimgi xoqonlikning poytaxt-shahri miloddan avvalgi IV asrga qadar mavjud bo‘lgan, bu yerda joylashgan majmua turkiy hukmdorlarning qadimiy qarorgohi bo‘lgan.

Ushbu tarixiy qarorgohga 05.10.2023 yil kun “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instititi” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti tyutori J.Sa’dullayev boshchiligida 1-kurs 108-guruh faol talabalari bilan tashrif buyurishdi.

Tashrifda talabalar bino xonalarining joylashuvi va qurilish chizmalari bu yerda qadimgi butparast ibodatxonalarning joylashganligini va olov uchun ochiq qurbongohlar bo‘lganligi haqida muzey xodimasi Furuza Abdullayeva ma’lumot berib o‘tdi. Tarixiy muzey talabalarda iliq taassurot qoldirdi desam mubolag‘a bo‘lmaydi desak adashmagan bo‘lamiz. Bugungi kunda Ming-O‘rik shaharchasi va ushbu hududda joylashgan muzey davlat himoyasida bo‘lib, Toshkent tarixini o‘rganish uchun qiziqarli obyekt hisoblanadi.