TIQXMMI yangiliklari

img
11.10.2023

Tarbiyada milliy qadriyatlarning o'rni

Qadriyatlar xalqimizning bebaho boyligi,  jamiyatimiz, millatimiz, davlatimiz taraqqiyotining asosiy omillaridan biriBuyuk ajdodlarimizdan meros bo'lib qolgan bebaho ma'naviy  boylik-asl qadriyatlarimizning sarchashmalaridir.

Asrlar mobaynida xalqimizning yuksak ma'naviyat, adolatparvarlik, ma'rifatsevarlik kabi ezgu fazilatlari bugungi davr yoshlari uchun o'ziga xos hayot maktabiga aylangan.

Joriy yilning 10- oktyabr kuni "IQTISODIYOT" fakulteti xotin- qizlar masalasi bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova fakultetning 106- guruh talabalari bilan Milliy qadriyatlar -  millat  ma'naviyatining ko'zgusi mavzusida noan'anaviy dars o'tkazdi.

Talabalarimizga  reja asosida o'tilgan "Milliy qadriyatlar- millat iftixori" mavzusidagi darsimizni erkin mavzuda Milliy qadriyatlarimizdan bittasini o'rganb tayyorlab kelib,  betakror fazilatlarga boy qadriyatlarimizdan namoyish etishdi .

Talabalarimiz milliy qadriyatlarimizni o'rganib, his etganlari sari, qalblari iftixor tuyg'usi ila jo'sh urdi.

"IQTISODIYOT" fakulteti xotin - qizlar masalasi bo'yicha kengash raisi R. Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati