TIQXMMI yangiliklari

img
24.11.2023

Ta’limiy hamkorlik

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Oʼqitish nazariyasi va metodikasi” kafedrasiga biriktirilgan Piskent tumanidagi 9-sonli umumtaʼlim maktabi bilan ta’limiy hamkorlik yo’lga qo’yilgan.

2023 йил 24 noyabr kuni  “Oʼqitish nazariyasi va metodikasi” kafedrasi katta oʼqituvchisi Nargiza Xodjakulova va nemis tili oʼqituvchisi Bobomurod Bobojonovlar  tomonidan 9-10-11-sinf o‘quvchilariga “Student union” talabalari bilan tanishtirildi hamda “Spelling Bee contest” mavzusida ochiq darsi o’tkazildi.

Shu bilan birga maktab o’quvchilariga “TIQXMMI” MTU, fakultetlari va kafedrada faoliyat olib borayotgan “Student union”  haqida ma’lumot berildi. 209-guruh talabasi Rustamova Charosxon  Koreys tilida Koreya haqida ma’lumot berdi, 211-guruh talabasi Adxamova Dilrabo nemis tilida Germaniya haqida ma’lumot berdi va “Student union” lideri Toshpo’latova Hilola “Student union” haqida batafsil ma’lumot berib, ushbu uyushmani qilgan va hozirgi kunda amalga oshirayotgan ishlari haqida gapirib o’tdi.

Maktabning 9-10-11-sinf o’quvchilari orasida “Spelling bee contest” ya’ni ingliz tilida to’g’ri talaffuz deb nomlangan kichkina tadbirni amalga oshirdilar. 5 ta guruhlarga bo’linib musobaqa tarzida ingliz tilida so’zlar to’g’ri talaffuz uchun berildi. Eng ko’p ball olgan talabalar 1,2,3-o’rinlar uchun tayorlangan sovg’alar va sertificatlar bilan taqdirlandilar.

Tadbir juda ko’tarinki kayfiyatda o’tdi. “Student uniion” talabalari maktab o’quvchilari universitetimizga bo’lgan qiziqishi yanda ortdi. Keyingi ya’ni dekabr oyida bo’ladidigan “Culture Day” tadbiriga ularni taklif qilib kelishdi.

Oʼqituvchilarning darslarni tahlil qilish maqsadida 9-10-sinfiga ingliz tili darslariga kuzatish uchun kirildi hamda professor-oʼqituvchilar tomonidan darslar tahlil qilinib, ularga tavsiyalar berildi.

Universitet matbuot xizmati