TIQXMMI yangiliklari

img
13.01.2022

Ta'limda tanaffus bo'lmaydi

Vaqtning qadriga yetish umr o’lchovi va va mas’ullikdir. Qishki ta’tilni jismoniy madaniyat va intellektual  bilimlarni oshirish va mustahkamlash niyati bilan boshlanishi har tomonlama maqsadga muvofiqdir.  “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida joriy yilning 10 - 22 - yanvar kunlari o’tkaziladigan o’quv-mashg’ulotlaridan ko’zlangan maqsad ham shu, aslida.

Tanlangan mavzular ham bugungi kunda barcha uchun dolzarb va muhim masalalar bilan bevosita bog‘liqligi ahamiyatlidir. Har bir fakultet o‘qituvchilari o‘zlariga mo‘ljallangan zallarda ma'ruzalarni tinglashmoqda. Jumladan, "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni borasidagi dolzarb vazifalar" borasida prof. Qiyomiddin Nazarov, "Oliy ta‘lim jarayonlarini boshqarish – HEMIS axborot tizimidan samarali foydalanish" mavzuida katta o’qituvchi F. Shafkarov, "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni borasidagi dolzarb vazifalar" mavzuida prof. Shohista Uljayeva, Ingliz tili fani yuzasidan katta o’qituvchi Fayzulla Begov, "Kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish" mavzuida N.  Gadayev, test yuzasidan D. Xodjayev va F. Kattaqulov, Prezident Sh. Mirziyoyevning "Yangi O'zbekiston strategiyasi" kitobi asosida "Ma'naviy taraqqiyot" mavzusi bo‘yicha dotsent Nilufar Yuldashevalarning chiqishlari e'tiborga molik  bo‘lmoqda. Ushbu harakatlardan maqsad ta'lim va tarbiyada tanaffus bo‘lmasligini yana bir bor tasdiqlashdir.

 

 

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti xizmati