TIQXMMI yangiliklari

img
18.01.2024

Ta'limda najot, muallimda ma'naviyat

Yer yuzida inson zoti borki, uning kamolotida, shaxs sifatida shakllanishida va jamiyatda oʻz oʻrnini topishida ustozlarning  mehnati, oʻrni beqiyos. Joriy yilning 17-yanvar kuni "Iqtisodiyot' fakulteti xotin-qizlar masalasi bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova tomonidan 17 yanvar - Xalqaro Ustozlar kuni munosabati bilan "TA'ZIM SIZGA AZIZ, USTOZLAR" mavzusida ma'naviy- ma'rifiy, badiiy tadbir o'tkazildi.

Tadbirni ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari Jamshid Turdiyev ocha turib, ustozlarimizni bayram bilan tabriklab, samimiy tilaklar bildirdilar. Shundan so'ng tadbirni Ra'no Kodirova so'zini Ustozlarga bag'ishlangan to'rtlik bilan boshladi.  Hayot bo'stonining bog'boni erur Otash qalb, donishmand har bir muallim.

Ustozlarni bayram bilan qizg'in tabriklab, ularga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, qalb xotirjamligi, xonadonlariga fayzu baraka, to'kin sochinlik, shodliklar tilab, tadbirni davom ettirdi. Tadbirda talabalarimiz Ustozlarga bag'ishlangan she'rlardan oqidilar.

Ustozlarni tabriklab samimiy tilaklar bildirdilar O'z o'rnida so'zga chiqgan Ustozlarimiz ham talabalarimizga minnatdorchilik bildirdilar. Shuningdek, ustozlarimizga bag'ishlangan qo'shiqlar ijro etildi. Tadbir sermazmun va qizg'in tarzda o'tdi.

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati