TIQXMMI yangiliklari

img
06.03.2024

Ta’lim va ishlab chiqarishning uzviy bog‘liqligi

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida ilmiy-texnikaviy buyurtma va grantlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishdagi mavjud muammolarning yangi yechimlarini izlash, tajribali amaliyotchilarni o‘quv jarayoniga faol jalb etish (10/8/ 2019-yil, PF-5847) oliy ta’lim muassasalarining ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan ishlab chiqarish infratuzilmasi kabi yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorligini ta’minlash va ta’limda amaliy misollardan keng foydalanishni ta’minlash vazifasi qo‘yildi.

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” MTU “Еnergеtika” fakulteti “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi mudiri R.Baratov va kafedra dotsenti A.Gapparov “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” DK Chirchiq filaliga tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad kafedraga qarashli yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalarning 4+2 dasturiga asosan ishlab chiqarish amaliyotini to‘g‘ri tashkil etishni nazorat qilish hamda o‘zaro fikr va tajriba almashish uchun shart-sharoit yaratish, takabalarni ilmiy-texnika taraqqiyoti yo‘lida birlashtirish; shuningdek, talabalarning ilmiy rivojlanishiga ko‘maklashish, faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish.

Universitet matbuot xizmati