TIQXMMI yangiliklari

img
28.11.2023

Talabalik davrining quvonchli onlari

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi va xormeysteri M.K.Muhammedova tomonidan “Gidrotexnika qurilishi”,”Gidromelioratsiya”, “Yer resurslari va kadastr”, “Iqtisod”, “Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalashtirish” fakultetlari Xor jamoasining bir guruh talaba yoshlari bilan “Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz” shiori ostida talaba yoshlarga ruhiy motivatsiya berish, yuzaga kelayotgan tashqi va ichki zo'riqishlarning oldini olish, talaba yoshlarda hamjihatlilik, oqibatlilik , mehr muruvatlilik xususiyatlarini yanada kuchaytirish hamda bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tadbir tashkil etildi.  Bu galgi uyushtirilgan tadbir talabalar turar joyidan boshlanib, universitet “D” binosi 101 xonada davom ettirildi. Tadbir avvalida talaba yigitlarimiz  o'z qo'llari bilan dimlama tayyorlashdi, qizlarimiz esa o'z mehmonnavozlik san'atlarini dasturxon bezatish orqali namoyish etishdi. Tadbir davomida talabalar qalbida millatlararo do'stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, bag'rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, jamiyatda fuqarolar totuvligini mustahkamlash maqsadida barcha fuqarolarga millati va diniy e'tiqodidan qat'i nazar, teng huquq va imkoniyatlarga ega ekani, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash O'zbekistonda davlat siyosatining muhim ustuvor yo'nalishlaridan biri etib belgilangani haqida suhbat olib borildi. Tadbir so'ngida ishtirokchilarimiz har xil tillarda qo'shiqlar kuylashib davrani yanada fayzli o'tishiga sabab bo'lishdi. 


O'tkazilgan tadbir ishtirokchilarning madaniy hordiq chiqarishlari bilan birgalikda yangi ijodiy g'oyalar tug'ilishiga turtki bo'lib xizmat qilishiga ishonamiz va jamoa a'zolaridan yangi-yangi g'oyalarni kutib qolamiz. 

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmat