TIQXMMI yangiliklari

img
02.04.2024

Talabalar “Uzkabel MCHJ”  da

2024-yil 29-mart kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “ET va QTEM” kafedrasi assistenti Shodiyev Bobur Toyir o‘g‘li o‘zining “Ustoz-shogird” tizimi bo‘yicha biriktirilgan talabalari bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi. Talabalar bilan bu galgi amaliy jarayonlar Uzkabel MCHJ hududida “Transformatorlar” mavzusi bo‘yicha bo’lib o’tdi.  

Ularga nazariy dars jarayonidan, amaliy ko’nikma tomon tashlangan qadam e’tiborli. Bu galgi jarayonlar transformator turlari, ularning ishlash prinsipi, o'rnatish va ta'minlash jarayoni, energiyani taqsimlash miqdori bilan bog'liq bo'lgan faktorlar bo’yicha  tushuncha berildi. Transformatorlarni o'rnatish va ulardan foydalanish bo‘yicha yo’riqnomalar ko’rsatildi. Uchrashuvda talabalar o‘zining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Universitet matbuot xizmati