TIQXMMI yangiliklari

img
17.02.2024

Talabalar turar joyiga tashrif

Joriy yilning 16 fevral kuni 2-talabalar turar joyiga “TIQXMMI” MTU “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti dekani Q.Shavazov boshchiligida barcha mas’ullar tashrif buyurib, barcha qavatlarda joylashgan xonalarni ko‘zdan kechirib chiqdilar. Shundan so‘ng yigit talabalarni 7-qavatga jamlab davra suhbati o‘tkazildi. Bunda fakultet dekani Q.Shavazov har bir xona va oshxonalarni har doim toza-ozoda tutishi, bo‘sh vaqtlardan samarali foydalanish, ya’ni kun tartibi tuzib shunga amal qilish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Bugungi ob-havo haroratidan kelib chiqib, kiyim boshlarini qalin kiyish hamda o‘z vaqtida ovqatlanib yurish kerakligi yana bir bor eslatib o‘tildi. Talabalar tomonidan berilgan savol va takliflar tinglanib, berilgan barcha takliflar qabul qilindi va savollarga javob berildi.         

"Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Yoshlar bilan ishlash  bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Borotov axboroti

Universitet matbuot xizmati