Talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash

Talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash

2023/2024-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalariga talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash boʻyicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali qabul qilinadi:

transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;

my.dtm.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan.

Qabul 2023-yil 15-iyuldan 5-avgustgacha _(shu kuni ham)_ davom etadi.

Kerakli hujjatlar:

️ ariza (onlayn tarzda)

️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPG yoki PDF shakli)

️ akademik ma’lumotnoma (oʻqishni tiklovchilar uchun).

Eslatib o‘tamiz, joriy yildan boshlab faqat 2 toifadagi talabalar (turmush qursa yoki davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga o‘tganda)ga ichki "perevod" uchun o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.

«Perevod» bo‘yicha kengroq tushuntirish

Quyidagi tushuntirishlarimiz Prezident qaroriga asoslangan, ya’ni rasmiy kuchga ega.

1. Bir oliy ta’lim muassasasi doirasida oliy ta’limning mos yo‘nalishi bo‘yicha talabalar o‘qishini ta’lim shaklini o‘zgartirish (kunduzgi ta’limdan sirtqi ta’limga):

Oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.

2. Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi:

1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa;

2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida).

Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo‘q. Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham.

3. Xorijdan o‘qishni ko‘chirish

Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi;

2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;

3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.

4. O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish

Bunda ham o‘tgan yilgi eskicha tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi;

2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;

3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik "super-kontrakt" to‘lab ko‘chirishi mumkin.

5. Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlarning o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring.

 

Murojaatlar uchun: +(99871) 237 19 36, +(99871) 237 09 75; +(99897) 107 27 57 - Elyor Toshmatov

 

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida NIZOM

Turdosh ta’lim yo’nalishlari ro’yxati

2022/2023 o‘quv yilida xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari

Onlayn hujjat topshirish O'qishni ko'chirish va tiklash