TIQXMMI yangiliklari

img
28.05.2022

Talaba-tyutor-deputat uchrashuvi

Kuni-kecha 3-TTJ binosida O‘zbekiston XDP Mirzo Ulug‘bek tuman kengashi raisi Qurbanova  Shahzoda Nashpanovna bilan uchrashuv tashkil etildi.

"Talabalar hayotida partiyalarning o'rni" mavzusida ochiq muloqot juda samimiy ruhda, erkin savol-javoblar asosida bo'lib o'tdi. Talabalarimiz tomonidan berilgan savollarga juda aniq, batafsil, hayotiy va qonun doirasida mohirlik bilan javob berildiki, talabalarimiz XDP a'zoligiga qabul qilinish uchun arizalar to'ldirishni shu daqiqadayoq boshlab yubordilar. Xalqimizning farovon turmushi, hayotiy faoliyati yo'lida mehnat qilayotgan, qonun, farmonlarni xalqimizning yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo'lgan qatlamiga yetkazishda ko'prik bo'lib, hormay-tolmay ishlayotgan vakillarga omadlar tilaymiz.

Talaba, yoshlarni siyosiy bilimlarini yanada oshirish, jamiyatda partiyalar olib borayotgan faoliyat bilan yaqindan tanishtirish asosiy maqsad hisoblanadi.

"QSXET"fakulteti tyutorlari Nuraliyeva Z. va Sa'dullayev J. axboroti

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot Universiteti matbuot xizmati