TIQXMMI yangiliklari

img
07.10.2023

Talaba qizlar bilan muloqot

Joriy yilning 6 –oktabr kuni "TIQXMMI" MTU ning "Gidromelioratsiya" fakulteti xotin- qizlar bilan ishlash boʼyicha dekan maslahatchisi Z.F.Beknozarova, fakultet tyutorlari G. Аxmedjanova va D.Аxrarovalar ishtirokida fakultet 1- kurs talaba qizlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Universitetda talaba qizlarga yaratilgan imkoniyatlar jumladan, “Qizlarjon” klubi toʼgʼrisida, klubga iqtidorli faol qizlar jalb etilishi boʼyicha ma'lumotlar berildi.

Bundan tashqari, talaba qizlarga kiyinish madaniyati – insonning tashqi koʼrinishi, maʼnaviy dunyosi, estetikasi axloqiy sifatlar omili ekanligi aytib oʼtildi. Z.F. Beknozarova - yaqinlashib kelayotgan 11- oktyabr “Xalqaro qizlar” kuni bilan qizlarni tabriklagan holda, tyutorlar va talaba qizlar bilan hamfikrda oʼtkaziladigan tadbir rejasi belgilab olindi. Uchrashuv juda qiziqarli savol javoblar tarzida olib borildi. Quvonarlisi, qizlarning intiluvchan, bilimga chanqoq ekanligi va nufuzli Universitetda tahsil olayotganidan mamnunligi soʼzlari va koʼzlaridan korinib turibdi.

Universitet matbuot xizmati