TIQXMMI yangiliklari

img
23.02.2024

Tadbirkorning sharafli yo‘li

              Tadbirli inson ko‘p narsani bilishdan tashqari katta hayotiy tajriba va keng dunyoqarashga ham ega bo‘lishi maqsadga muvofiq. Tadbirkorlik va biznes  mamlakat taraqqiyotini belgilovchi omillardan biri. Shuning uchun ham yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlashning mohiyati katta. Joriy yilga prezidentimiz tomonidan aynan shunday nom berilgani bejiz emas. Biznes qilish va tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishni istagan har bir yosh albatta, shu sohada toblangan tadbirkor, biznesmenlar bilan uchrashuv bu borada e’tiborga molik. Bugun ana shu maqsadda tashkil etilgan tadbir mohiyat e’tibori bilan ahamiyatlidir.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetiga "M Faktor" loyihasining asoschisi Hasan Mamasaidov tashrif buyurdi. Tashrif mobaynida universitetda yaratilgan sharoitlar, laboratoriyalar, o‘quv binolari, universitet muzeyi hamda Axborot resurs markazi bo‘ylab sayohat qilindi.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori, professor Mirzayev Bahodir Suyunovich uchrashuv mobaynida ta’lim dargohimiz haqida mehmonga atroflicha ma’lumot berib o‘tdi. So‘ngra Hasan Mamasaidov o‘zining ish faoliyati, qilinayotgan yangi loyihalar va shu soha yuzasidan ko‘rsatmalar berdi. U o‘zining hayotiy yo‘li davomida erishgan yutuqlar va orttirgan tajribalari, biznesdagi hayot yo‘li haqida so‘zlab berdi. Kelajakda hamkorlikda yangi loyihalar bo‘yicha ishlar olib borish va tashkil etish etish bo‘yicha takliflar o‘rganib chiqildi.

Uchrashuv so‘ngida rektor Mirzayev Bahodir Suyunovich universitetning ramziy esdalik sovg‘alarini taqdim etdi.

UNIVERSITET MATBUOT XIZMATI