30/03/2023

Suzish – ruhiyat va salomatlik tayanchi

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti qoshida suzish havzasining umumiy maydoni 792 m2 bo‘lib shundan; suzish maydoni 12x25 m2 ni, suzish havzaning chuqurligi 1,70-2,20 sm  dan iborat suzish havzasi barpo etilmoqda. Sportning suzish yo`nalishi inson ruhiyatini ko`tarish bilan birga, organizmda qon aylanishini yaxshilaydi. Mazkur sport turi bilan shug`ullanishdan oldin organizmni chiniqtirish lozim. Issiq haroratdan asta-sekinlik bilan salqinroq, keyinchalik sovuq haroratga o`tish bilan organizmning chiniqtirilishi to`g`ri bo`ladi. Suvda suzish, sportcha suzish — sport turi, rasmiy belgilangan masofaga muayyan usulda sportcha suzish (erkin tarzda, brass, batterflyay usulida, orqa bilan), shuningdek, suv ostida, amaliy, sinxron (badiiy) suzishni o‘z ichiga oladi. Suvda suzish zamonaviy besh kurashning tarkibiy qismi hisoblanadi.