TIQXMMI yangiliklari

img
15.12.2023

Suv resurslari bilan bog’liq muammolar haqida

2023 yil 14 dekabr kuni 2-zalda soat 10-00 da Universitetimizning “Gidromelioratsiya” fakultetiga qarashli “Suv xo‘jaligi melioratsiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 4 - bosqich 401, 402, 403 va 405 - guruh talabalari bilan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari R.J.Qarshiyev bilan uchrashuv tashkil etildi.

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi mudiri, t.f.n., professor Begmatov Ilhom Аbduraimovich tomonidan tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qarshiyev Rustamjon Jo‘rayevich, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti professorlari, t.f.n., professor Begmatov Ilhom Аbduraimovich, q.x.f.d. Isayev Sabirjan Xusanbayevich hamda “Suv xo‘jaligi melioratsiya” ta’lim yo‘nalishining 401,402, 403 va 405 - guruh talablari ishtirok etishdilar.

Uchrashuvda R.J.Qarshiyev tomonidan “Suv resurslarini boshqarishda zamonaviy yondashuv va tejamkor usullarni qo‘llash hamda suvdan oqilona foydalanishda aholi ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan ustuvor vazifalar haqida” mavzusida ma’ruza qilindi.

Ma’ruzadan so‘ng “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yo‘nalishi talabalari mavzu bo‘yicha savollar berishdi va o‘zlariga kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Tashkil etilgan uchrashuvda keyingi yillarda iqlim o‘zgarishida suv resurslaridan samarali foydalanishda universitetimiz “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yo‘nalishi talabalari olgan bilim va ko‘nikmalarini kelajakda o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ish faoliyatlari davomida foydalanishi uchun juda ko‘p qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdilar.

“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi mudiri,

t.f.n., professor Begmatov I.А. axboroti