E'lonlar

27.09.2023

SUSADICA loyihasining ilmiy posterlar tanlovi

SUSADICA loyihasi 2023-yil 12-13-oktabr kunlari “TIQXMMIMilliy tadqiqot universitetida boʻlib oʻtadigan simpozium doirasida ilmiy posterlar tanlovini eʼlon qiladi. Saralangan ishtirokchilar SUSADICA loyihasining simpoziumida ishtirok etishga taklif qilinadi va kofe-breyk paytida oʻz posterlari taqdimotini otkazish hamda mutaxassislarning fikr-mulohazalarini olish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Ilmiy posterlar tanlovi iqtidorli talabalarga o‘z tadqiqotlari doirasida takliflari, tezislari yoki loyiha ishlari bilan tanishtirish va e’tirofga sazovor bo‘lishlari uchun tashkil qilinmoqda.

Posterlar SUSADICA loyihasi doirasida olib borilayotgan beshta tadqiqot yo’nalishlari bilan bog'liq bo'lishi lozim:

1-tadqiqot yo'nalishi: Fermer xo'jaligini qayta qurish va mehnat munosabatlari

2-tadqiqot yo'nalishi: Qishloq xo'jaligi innovatsiyalari va texnologiyalari

3-tadqiqot yo‘nalishi: Barqaror rivojlanish uchun qishloq xo‘jaligi siyosati

4-tadqiqot yo'nalishi: Atrof-muhit o'zgarishi va qishloq xo'jaligi

5-tadqiqot yo'nalishi: Suv resurslarini boshqarish

Tanlov kimlar uchun?: Tanlovda “TIQXMMI” MTU magistrlari va doktoronatlari ishtirok etishlari mumkin.

Taqdim etish: Iltimos, susadica.phd@gmail.com  manziliga xat yuboring. Xatda toʻliq ismingizni, familiyangizni, fakultetingizni kiriting va 2023-yil 6-oktabrgacha ingliz tilida, maksimal 250 soʻzdan iborat tezisingizni yuklang. Saralangan tezis mualliflaridan o’z posterlarini ishlab chiqish soʻraladi.

Tanlov:

• Yuborilgan barcha arizalar orasidan eng yaxshi 5 ta poster ekspertlar qo‘mitasi tomonidan ularning tadqiqot yo’nalishi, sifati va dolzarbligiga qarab tanlab olinadi.

• Finalchilarning posterlari simpoziumda tashrif buyuruvchilar va ishtirokchilar ko'rishlari uchun namoyish etiladi

• G'oliblar 13 oktyabr kuni simpozium davomida e'lon qilinadi va SUSADICA loyihasining maxsus sovg'alari bilan taqdirlanadilar.

Poster dizayni: Tanlangan finalchilar o'z maqolalari asosida innovatsion, ijodiy yondashilgan tadqiqot posterlarini ishlab chiqishlari talab qilinadi. Saralashdan so'ng finalchilarga shablon taqdim etiladi va SUSADICA simpozium tashkilotchilari tomonidan posterlar chop etadilar. Final ishtirokchilari 2023-yil 10-oktabrgacha o‘z posterlarini topshirishlari kerak.

Agar sizda biron bir savol mavjud bolsa yoki qo'shimcha ma'lumot olishni istasangiz, susadica.phd@gmail.com  manzili orqali biz bilan bog'lanishingiz mumkin.