TIQXMMI yangiliklari

img
04.10.2023

Sport - shodlik va sog‘lik garovi

2023-yil 4-oktabr kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti sport majmuasida “Iqtisodiyot” fakulteti 1-kurs talabalari o‘rtasida “Talabalar sport ligasi” doirasida “Street ball” sport turi bo‘yicha Dekan kubogi musobaqasi o‘tkazildi.

Fakultet dekani R.Xakimov boshchiligida dekan o‘rinbosari J.Turdiyev hamda tyutorlar G.Shodieva, D.Egamovalar tashabbuslari bilan fakultetning 1-kurslaridan iborat 10 ta jamoa ishtirok etdi. Musobaqa qizg‘in bahslar asosida o‘tdi. Bahslar yakunida Turizm yo‘nalishi 106-guruh jamoasi I-o‘rinni, Iqtisodiyot yo‘nalishi 101-guruh jamoasi II-o‘rinni, Turizm yo‘nalishi 105-guruh jamoasi III-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

G‘olib jamoalar fakultet dekani boshchiligida diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Dekan o‘rinbosari J.Turdiyev axboroti

Universitet matbuot xizmati