TIQXMMI yangiliklari

img
15.09.2023

Sport musobaqalarining dastlabki natijalari

Joriy yilning 13-15 sentabr kunlari “Gidromelioratsiya” fakultetining 1-kurs talabalari o‘rtasida mini-futbol, voleybol turlari bo‘yicha  “Dekan kubogi” musobaqasiga fakultet dekani o’rinbosarlari D.To’ychiyev, S.Melikuziyev va tyutorlar A.Shonazarov, G.Axmedjanova D.Axrorova  hamda “Jismoniy tarbiya va sport”  kafedrasi mudiri M.Norqobilov,  F. Odilovalar boshchiligida tashkil qilindi. Bu musobaqada  sportga chanqoq talabalarimiz juda ham faol ishtirok etishdi.

Futbolda  1 kurslardan 12 ta jamoa  faol ishtirok etdi.

Shundan 113- guruh - 1 o‘rinni

106- guruh- 2 o‘rinni

109- guruh- 3 o‘rinni egallashdi.

Voleybol bo‘yicha  esa talabalardan 8 ta  jamoa tuzildi. Shulardan:   

104 -guruh - 1 o‘rinni

102- guruh - 2 o‘rinni

113- guruh  3 o‘rinni egallashdi.

Bunday tadbirlarni o‘tkazishdan asosiy ko‘zlangan maqsad barcha talabalarni sportga qiziqtirish, ularni kelajakda soglom bo‘lib etishlariga ozgina bo‘lsa ham xissa qo‘shishdan iborat.

“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutorlari A.Shonazarov,

G.Axmedjanova D.Axrorova axboroti

Universitet matbuot xizmati