TIQXMMI yangiliklari

img
29.09.2023

Sport - jismoniy va ruhiy salomatlik kafolati

Mutaxassislar ta’kidlashicha, sport bilan muntazam shug‘ullanish insonni jismonan chiniqtiribgina qolmay, balki, ruhiy jihatdan tetiklashtiradi, salomatligini mustahkamlaydi.  Ayniqsa, ta’lim bilan bog‘liq sohalarda talabalar uchun sportning har qanday turining ahamiyati beqiyos ekanini “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti "Ekologiya va huquq" fakultetida ta’lim oluvchi har bir talaba chuqur anglab yetmoqda. Universitetda talabalarning mini futbol, stol tennisi, basketbol, voleybol, shashka-shaxmat bilan muntazam shug‘ullanishi bevosita Universitet rektorining, “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi”ning, shuningdek, “Jismoniy tarbiya” kafedrasining e’tibor markazida.

Buning uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Joriy yilning 28-sentabr kuni Universitet sport majmuasida "Ekologiya va huquq" fakultetining 1-2-3-bosqich talaba-yoshlari “Talaba kubogi”ga saralash musobaqalariga qatnashish uchun yig‘ildi. "Ekologiya va huquq" fakulteti dekani B.Norov sport musobaqalarini ochish uchun so‘zga chiqib jamoa ishtirokchilariga omad tilab o`tdi. “Talaba kubogi”ga saralash musobaqalari “Jismoniy tarbiya” kafedrasi mudiri M.Norqobilov va kafedra o‘qituvchisi A.Xodjanovlarning hakamligi ostida adolatli, murosalarsiz va qizg‘in tarzda bo‘lib o‘tdi. Sport turlari bo‘yicha g‘olib jamoalar aniqlandi. Musobaqa g’oliblarini tabriklaymiz, “Tektor kubogi”ni qo’lga kiritishga omad tilaymiz.

:“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori I.X.Axmedova axboroti

  Universitet matbuot xizmati