TIQXMMI yangiliklari

img
05.10.2023

Sport – hamjihatlik va birdamlikka chorlaydi

Sport har bir insonning nafaqat jismoniy salomatligi, balki ruhiy tetikligini ham ta’minlaydi. Bugun 5-oktabr “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti “Ekologiya va huquq” fakulteti 1-bosqich talabalari o’rtasida o’tkazilgan sport o’yinlarining taqdirlash ma’rosimi o’tkazildi. Sportning futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi  turlari bo’yicha o’tkazilgan o’yinlarda g’olib va sovrindor bo’lgan talabalarga diplom va estalik sovg’alari topshirildi.

Unda fakultet dekani B.Norov ishtirok etib talabalarni tabrikladi va g’olib bo’lgan talabalarga kubok, diplom va estalik sovg’alarini topshirdi. Yakunda sovrindor talabalar so’zga chiqib rahbariyatga o’z minnatdorchiligini bildirdi.

Yakuniy natijalar:

Futbol bo’yicha

1-o’rin. 113-guruh

2-o’rin. 114-guruh

3-o’rin. 104-guruh

Voleybol bo’yicha

1-o’rin. 113-guruh

2-o’rin. 112-guruh

3-o’rin. 106-guruh

Basketbol bo’yicha

1-o’rin. 114-guruh

2-o’rin. 108-guruh

3-o’rin. 113-guruh

Stol tennisi  bo’yicha

1-o’rin. Qo’ziboyev Omadbek. 113-guruh talabasi

2-o’rin. Esonov Mirshod. 106-guruh talabasi

3-o’rin. Umarov Umidjon. 113-guruh talabasi

“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori Xursandbek Ro’zmetov axboroti

Universitet matbuot xizmati