TIQXMMI yangiliklari

img
17.11.2023

Sport bizni birlashtiradi

Toshkent shahar OTM sport klubi terma jamoalari o‘rtasida "Sport bizni birlashtiradi" shiori ostida Mini-futbol bo‘yicha turnir musobaqasi boshlandi. Ushbu o‘rtoqlik uchrashuvini TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetining prorektori, professor Choriyev Ruzimurat Kungratovich ko‘tarinki ruhda ishtirokilarni samimiy qutlash ohangida ochib berdi. Rektor maslahatchisi Anvar Abdumasamatov ham musobaqa qatnashchilariga omad va muvaffaqiyatlar tiladi.

To‘rtta oliy ta’lim muassasalaridan kelgan "Irrigator", "Moliyachi", "Kimyogar" va "Transportchilar" futbol terma jamoalari o‘rtasida o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuviga hoziru nozir bo‘lishdi.

Maxsus Qur’a tashlash yo‘li bilan aniqlangach, dastavval, "Irrigator" va  "Moliyachi" jamoalari o‘rtasida musobaqaga kirishishdi. Natija 6 - 1 hisobi bilan universitetimiz terma jamoasi hozircha yetakchilik qilamoqda.

Universitet matbuot xizmati