TIQXMMI yangiliklari

img
03.11.2023

“Spelling Bee” tanlovi

“Ekologiya va huquq” fakulteti, “O‘qitish nazariyasi va metodikasi” kafedrasi hamda Ingliz Filologiyasi talabalari tomonidan “Spelling Bee” tanlovi tashkil etildi. Asalari va imlo so’zlari birikuvidan tarkib topgan ushbu tanlov rosa qiziqarlidir. Umuman olganda, “Spelling Bee” tanlovi ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Bu qiziqarli va mashaqqatli, shu bilan birga, o'quvchilar uchun til ko'nikmalarini namoyish etish va tengdoshlari bilan raqobatlashadigan tarzda bo'lib o'tdi. Bundan tashqari, shuni ta'kidlash joizki, nafaqat filologlar, ba'lki turli fakultetlardan ham qatnashgan talabalar kuchli lug'at, to'g'ri talaffuz va bosim ostida tez fikrlash qobiliyatini namoyish etdilar. Ta’kidlash lozimki, Filologlar “Spelling Bee” tanlovida faol ishtirok etgan o'quvchilarga o'z  minnatdorchiligini bildirib qoladilar!

Universitet matbuot xizmati