TIQXMMI yangiliklari

img
25.05.2024

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari!

Mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari yangradi. Ulkan orzu-maqsadlar bilan ta’lim-tarbiya quchog‘ida jam bo‘lishgan bitiruvchilar bugun mehri daryo maktabidan tetapoya bo‘lib, katta hayajon va ulkan orzular qanotida mustaqil hayotga qadam qo‘ymoqda.

Yurtimizning barcha hududlaridagi kabi “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasiga biriktirilgan Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi 19 va 32-sonli umumta’lim maktablarida ham So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida 1, 4, 9, 11-sinf o‘quvchilari, ustozlar, ota-onalar va mahalla faollari ishtirokida ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Tadbirda shuningdek, “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi o‘qituvchilari: Sh.Botirov, D.Yulchiyev, S.Tadjiyev va Sh.Azizovlar ishtirok etdi hamda bitiruvchilarni samimiy qutlab, kelgusi o‘qish va ishlariga omad tiladi va faol iqtidorli o‘quvchilarni taqdirladi.