TIQXMMI yangiliklari

img
06.12.2023

Sog‘lom hayot sari

Musobaqalarning zavqu shavqi o‘zgacha bo‘ladi. Ayniqsa, futbol va voleybol turlarini jonu dilidan xush ko‘radiganlar talabalar orasida emas, balki universitetimizning professor-o‘qituvchilari orasida  ham borligi kishini quvontirmasdanqolmaydi.

Joriy yilning 5 dekabr kunlari  “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining 3-bosqich talabalar guruhlari o‘rtasida “Talabalar ligasi” doirasida “Sog‘lom hayot sari” shiori ostida  talaba-yoshlar o‘rtasida  mini-futbol, talaba-qizlar o‘rtasida voleybol  turlari bo‘yicha  “Dekan kubogi” musobaqasiga fakultet rahbariyati hamda “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi tomonidan barcha jamoa guruhlarga omad tilab musobaqaga start berildi. Talabalarni qo‘llab-quvvatlashga barchani chorlab qolamiz!!!

“Jismoniy tarbiya  va  sport” kafedrasi mudiri M.Norqobilov Axboroti

Universitet matbuot xizmati